Virtual qabulxona

Davlat tashkilotlarining ishonch telefonlari (Call-markaz) faoliyati o'rganildi

Asosiy yangiliklar 844 marta körilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 38 ta davlat organlari va tashkilotlarida yo‘lga qo‘yilgan qayta aloqa tizimlarining samaradorligi darajasi, shuningdek, ishonch telefonlari (Call-markaz) faoliyatining sifati “Qayta aloqaning sirli mijozi” tadbiri orqali o'rganildi.

O‘rganishlar davomida qonunchilikda belgilangan ish vaqti mobaynida bir necha bor bog‘lanishga urinishlarga qaramay, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Energetika vazirligi, Sanitariya va epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, shuningdek, “Uztransgaz” va “Yo‘lqurilish” AJlari tomonidan qo‘ng‘iroqlar javobsiz qoldirildi.

Mahalliy davlat hokimiyat organlaridan Jizzax viloyati hokimligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan aloqa raqamlari ishchi holatda ekani, shuningdek, elektron tarzda murojaat yuborish bilan bir qatorda og‘zaki murojaat qoldirish mexanizmi joriy etilgani aniqlandi.

Sharof Rashidov, Zafarobod, Yangiobod tumanlari va Jizzax shahar hokimliklari tomonidan ham ushbu tizim samarali yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.

O'rganish mobaynida Arnasoy, G‘allaorol, Do‘stlik, Zarbdor, Mirzacho‘l va Forish tuman hokimliklarining ishonch raqamlariga bog‘lanish imkoni bo‘lmadi. Zomin va Paxtakor tuman hokimliklarida esa jismoniy va yuridik shaxslarning sohaga doir og‘zaki murojaat qoldirish tizimi yo'lga qo'yilmagani ma'lum bo'ldi.

Qayd etilgan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish hamda kelgusida bu kabi holatlar takrorlanishining oldini olish choralarini ko‘rish bo‘yicha ushbu vazirlik va idoralarga tegishli taqdimnomalar kiritildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar