Virtual qabulxona

Davlat organlarida xodimlarning korrupsiyaga qarshi barqarorlik darajasini diagnostikadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Asosiy yangiliklar 813 marta körilgan

Mamlakatimiz Prezidentining Farmoniga muvofiq, davlat xizmatini zamonaviy standartlar asosida tashkil etish va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatga ega davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish maqsadida davlat organlarida xodimlarning korrupsiyaga qarshi barqarorlik darajasini diagnostikadan o‘tkazish tizimi bosqichma-bosqich joriy etib kelinmoqda.

Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Boshqaruv samaradorligi agentligi huzuridagi Rahbar kadrlarni baholash markazining mazkur yo‘nalishdagi hamkorligi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, o‘tgan davr mobaynida davlat organlari xodimlarining korrupsiyaga qarshi barqarorlik darajasini xolis va tizimli baholash maqsadida ekspertlar tomonidan maxsus test savollari ishlab chiqildi.

Ma’lumot o’rnida: Diagnostika natijasiga ko‘ra xodimning korrupsiyaga barqarorlik darajasi "past" deb baholanishi mazkur lavozimda mehnatga oid munosabatlarni davom ettirishiga monelik qiluvchi holat hisoblanadi hamda xodim korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi "past" bo‘lgan boshqa lavozimga majburiy ravishda rotatsiya qilinadi.

Muhokamada korrupsiyaga qarshi barqarorlik darajasini baholashning ilmiy va amaliy asoslarini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yakunda diagnostika jarayonlarining samaradorligini oshirish, olingan natijalarni chuqur tahlil qilish orqali davlat fuqarolik xizmatini salohiyatli, istiqbolli va halol kadrlar bilan ta’minlash borasidagi navbatdagi vazifalar belgilab olindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Axborot xizmati

Öxşaş materiallar