Virtual qabulxona

Davlat organlari va tashkilotlari funksiyalaridagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasi aniqlandi

Asosiy yangiliklar 1 727 marta körilgan

Davlat rahbarining 2022-yil 11-maydagi 240-son qaroriga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan o‘z faoliyatidagi funksiyalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash ishlari amalga oshirildi.

Bu yil korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashdan o‘tkazish yuzasidan elektron platformaga yuborilgan maʼlumotlar asosida 121 ta davlat tashkiloti faoliyatidagi 6123 ta funksiyada korrupsiyaviy xavflar baholandi.

Korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi “yuqori” va “o‘rta” bo‘lgan 2219 ta funksiyada xavf-xatarlarni bartaraf etish yoki minimallashtirish maqsadida tegishli choralar belgilandi.

Baholash yakunlari bo'yicha davlat tashkilotlarining Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri, Korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritalari, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturlar va Korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori bo‘lgan lavozimlar ro‘yxati shakllantirildi.

Taʼkidlash lozimki, davlat tashkilotlarining rahbarlari tashkilot zimmasiga yuklangan funksiyalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish uchun shaxsan javobgar sanaladi.

Korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori funksiyalari ko‘p bo‘lgan tashkilot "eng korrupsiyalashgan", korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan lavozimdagi shaxslar “korrupsioner”yoki aksincha korrupsiyaviy xavf-xatari asosan “past” bo‘lgan tashkilotlar "korrupsiyadan xoli" hisoblanmaydi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar