Virtual qabulxona

Buxoroda oçiqlik, raqamlaştiriş va korrupsiyaga qarşi kuraşiş borasida natijalar

Asosiy yangiliklar 671 marta körilgan

Joylarda korrupsiyaga qarşi kuraşiş çoralarini kuçaytiriş, ayniqsa, maişiy korrupsiyaning oldini oliş, oçiqlik va şaffoflikni taʼminlaş hamda raqamlaştiriş kölamini kengaytiriş borasidagi işlar Buxoro viloyatida ham muayyan amaliy natijalarni bermoqda.

Jumladan, viloyat soğliqni saqlaş tizimida joriy yilda işga qabul qiliş bilan boğliq birorta ham korrupsiyaviy jinoyat qayd etilmadi.

Viloyatning «Oçiqlik indeksi»dagi körsatkiçi 2022-yildagi “sariq” toifadan 2025-yilda “yaşil” toifaga ötdi. Buxoro va Kogon şaharlari, Olot, Peşku va Qorovulbozor tumanlari Kengaşlari tomonidan joriy yilning birinçi yarmida ötkazilgan barça sessiyalar internet orqali jonli efirga uzatildi.

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş virtual akademiyasida 2025-yilda viloyatning 2 681 nafar davlat xizmatçisi öqigan bölsa, bu yil noyabr oyi holatiga 2 778 nafari öqitildi.

Viloyatdagi uçta oliy taʼlim muassasasi — Buxoro davlat universiteti, Buxoro davlat texnika universiteti va Buxoro davlat pedagogika institutida aksilkorrupsiya kovorking markazlari taşkil etildi. Ayni paytda ularda 449 nafar aksilkorrupsiya volontyori faoliyat yuritmoqda.

Bundan taşqari, Ğijduvon tumanini “Korrupsiyadan xoli hudud”ga aylantiriş loyihasi doirasida 5 yildan ortiq bir lavozimda işlagan rahbarlar rotatsiya qilindi, bozor va avtoturargohlar töliq raqamlaştirildi, maktablarda “Halollik tögaraklari” taşkil etildi, tuman hokimligi veb-saytida xarajatlar va davlat xaridlari haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qiliş yölga qöyildi. Taʼlim va tibbiyot taşkilotlarida işga qabul qiliş oçiq tanlov asosida amalga oşirilmoqda.

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi Axborot xizmati

Öxşaş materiallar