Fuqarolarning murojaati tinglandi
Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o'rinbosari Umida Tuxtashevaning fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Murojaatlarda sog'liqni saqlash tizimidagi qonun buzilishlar va mehnat munosabatlariga oid nizolar, tadbirkorlik subyektlari huquqlarini himoya qilish, "Open budjet" mablag‘larining maqsadsiz sarflanishidan norozilik, shuningdek ish bilan ta'minlash masalalari ko'tarildi.


Qabul davomida barcha murojaatlar atroflicha tinglanib, har bir masala bo‘yicha huquqiy tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi.


Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan, shuningdek, korrupsiya holatlari haqida kelib tushgan xabarlar yuzasidan ariza va shikoyatlar belgilangan tartibda qabul qilinib, ularni qonuniy hal etish hamda ijrosini qat’iy nazoratga olish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati