Virtual qabulxona

Pop tumanini “Korrupsiyadan xoli hududga aylantirish” dasturi ijrosi o‘rganildi

Asosiy yangiliklar 569 marta körilgan

Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov Namangan viloyatining Pop tumanini “Korrupsiyadan xoli hududga aylantirish” dasturi ijrosini korrupsiyaviy xavfi yuqori sohalar misolida o‘rgandi.

Pop ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligida sohani raqamlashtirish, yer va boshqa resurslarni taqsimlash, budjet mablag‘larini sarflash, nazorat tadbirlarini o‘tkazish hamda aholiga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlarida ta’sirchan ichki nazorat mexanizmlarini joriy etilishi bilan tanishildi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filiali Pop tuman elektr ta’minoti bo‘limida energiya samaradorlikni oshirish, resurslardan oqilona foydalanish, qonun talablariga qat’iy rioya etilishini va javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, belgilangan chora-tadbirlarning ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish mobaynida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullar bilan choralar belgilandi, ayrim muammolar joyida hal etilishiga koʻmaklashildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar