Virtual qabulxona

Bo‘lajak harbiylar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha muloqot o‘tkazildi

Asosiy yangiliklar 2 854 marta körilgan

Joriy yilning 27-aprel kuni Toshkent viloyati Ohangaron shahrida joylashgan 9-son maxsus harbiy maktabda "Halollik posbonlari: korrupsiyaga qarshi taʼlim va harbiy vatanparvarlik orqali yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish" mavzusida yoshlar bilan o‘quv seminari o‘tkazildi.

Unda Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari A.Kamilov, shahar prokurori T.Karimov hamda FVB boshlig‘i B.Abduvahobov ishtirok etdi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarni korrupsiyaga qarshi immunitetini shakllantirish, halollik posbonlarini bugundan tayyorlash etib belgilandi.

O‘quv-seminari mobaynida korrupsiya va uning salbiy oqibatlariga qarshi kurashish, bu jarayonda yoshlarning faolligini oshirish masalalarida atroflicha maʼlumot berildi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan “halollik vaksinasi” bilan emlangan yangi avlodni kamolga yetkazish bo‘yicha belgilab berilgan ustuvor vazifalar, sohadagi islohotlar jarayoniga yoshlarni keng jalb etish borasida Agentlik tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar