Virtual qabulxona

“Biznesni rivojlantirish banki”ning faoliyatiga oid jami korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasi yuqori funksiyalar

Asosiy yangiliklar 907 marta körilgan

Davlat rahbarining 2022-yil 11-maydagi 240-son qaroriga muvofiq, bu yil e-anticor.uz (e-anticor.uz) elektron platformasi orqali “Biznesni rivojlantirish banki”ning faoliyatiga oid jami 20 ta funksiyada korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholandi.

Baholash natijalariga ko'ra, funksiyalarning 5 tasida xavf-xatar darajasi “yuqori”, 15 tasida “o‘rta”darajada.

Jumladan:

➖kreditlarni ularning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan o‘z nomidan o‘zining mablag‘lari hamda jalb etilgan mablag‘lar hisobidan berish;

➖ lizing berish;

➖qonunchilikda nazarda tutilgan shakllarda qarz berish;

➖ qimmatbaho metallardan yasalgan tangalarni sotib olish va sotish;

➖hujjatlar yoki qimmatliklarni saqlash uchun maxsus binolarni yoki ularning ichidagi seyflarni ijaraga berish kabi funksiyalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasi “yuqori” deb baholandi.

Hozirda bank tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dastur asosida mavjud xavf-xatarlarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Eslatib o'tamiz, korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori funksiyalari ko‘p bo‘lgan tashkilot "eng korrupsiyalashgan", korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan lavozimdagi shaxslar “korrupsioner” yoki aksincha korrupsiyaviy xavf-xatari asosan “past” bo‘lgan tashkilotlar "korrupsiyadan xoli" hisoblanmaydi.

Ushbu holatlar mazkur tashkilotlarda nazorat choralari yetarli yo‘lga qo‘yilganligi yoki aksincha qo‘shimcha nazorat choralari ko‘rilishi kerakligini, shu bilan birga, tashkilot rahbarlari korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan jarayonlar (funksiyalar) va funksiyalarni bajaruvchi lavozimlarni alohida nazoratga olishiga signal beruvchi omil sanaladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar