Biznesda halollik tamoyillarini rağbatlantirişga qaratilgan yangi mexanizmlar joriy etiladi
Forumda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori Akmal Burxanov biznesda halollik tamoyillarini rağbatlantirişga qaratilgan yangi mexanizmlar haqida söz yuritdi:
Tört yil avval Agentlik, Savdo-sanoat palatasi va Biznes-ombudsman hamkorligida taklif etilgan Özbekiston biznesining Korrupsiyaga qarşi kuraşiş xartiyasiga bugun 1 000 dan ortiq kompaniya qöşilgan.
Endilikda halol biznesni nafaqat tarğib qiliş, balki uni amaliy rağbatlantirişga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Şu maqsadda joriy yil fevral oyida Prezident Farmoni bilan amalga oşirişirilayotgan “Korrupsiyasiz, halol va oşkora biznes” — “Toza biznes” milliy dasturi doirasida:
▫️ Xartiya iştirokçilari uçun rağbat va imtiyozlar tizimi yölga qöyiladi;
▫️ korrupsiyaga qarşi içki tizimlarni samarali joriy etgan kompaniyalarga maxsus muvofiqlik belgisi beriladi;
▫️ “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida yilning eng yaxşi kompaniyasi” mukofoti ta’sis etiladi.
Şuningdek, davlat idoralarida korrupsiyaga qarşi menejmentni sertifikatlaştiriş, davlat xaridlarida sun’iy intellekt yordamida affillanganlik va manfaatlar töqnaşuvini avtomatik aniqlaş, korrupsiya haqida xabar bergan şaxslarni himoya qiliş orderi mexanizmlarini joriy etiş işlari olib borilmoqda.
Asosiy maqsadimiz — halol kompaniyalarni qöllab-quvvatlaş, ularning ilğor tajribasini ommalaştiriş va sonini köpaytirişdir. Zero, davlat biznesdan halollikni talab qilar ekan, adolatli raqobat uçun zarur şaroitlarni ham özi yaratişi lozim.