Virtual qabulxona

“Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Asosiy yangiliklar 2 190 marta körilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan “Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida Agentlik direktori Akmal Burxanov barchani eng ulug‘ ayyom bilan samimiy tabriklab, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashishga qaratilgan tizimli islohotlar tobora muhim ahamiyat kasb etib borayotganini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Bayram tadbirida xizmat vazifalarini samarali bajargan, shuningdek, jamoat ishlarida alohida faollik ko'rsatgan bir guruh xodimlar faxriy yorliq hamda tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari, mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi oldidan Agentlik direktorining sovrini uchun o‘tkazilgan sport musobaqasining g‘olib va sovrindorlariga ham munosib sovg‘alar topshirildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar