Virtual qabulxona

BAA davlati bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Asosiy yangiliklar 2 215 marta körilgan

Joriy yilning 7-yanvar kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A.Burxanov hamda Birlashgan Arab Amirliklarining Hisobdorlik idorasi prezidenti Humayd Obayd Abushibs o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv boshida A.Burxanov X.Abushibsga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan aksilkorrupsiya islohotlari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyati hamda O'zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni to‘g‘risida maʼlumot berdi.

O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi strategik sheriklik tobora rivojlanib borayotgani alohida eʼtirof etilib, ikki mamlakat korrupsiyaga qarshi kurashish masalalarida ham yaqin va mustahkam hamkorlikdan manfaatdor ekani taʼkidlandi.

Shu nuqtai nazardan ikki idora o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilish va tajriba almashish muhim ekanligi qayd etildi.

Tomonlar hamkorlik imkoniyatlari, yo‘nalishlari va istiqbollari yuzasidan ham fikr almashib, faol muloqot va o‘zaro tajriba almashishni davom ettirish masalalarini muhokama qildilar.

Muloqot yakunida Agentlik va Hisobdorlik idorasi o‘rtasida hamkorlikka oid hujjat imzolash yuzasidan kelishuvga erishildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar