Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

O‘zbekiston va Rossiya korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

Batafsil

Andijon viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari holati o‘rganilmoqda

Respublika idoralararo Ishchi guruh korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan sohalarni, maishiy va tizimli korrupsiya omillarini chuqur o‘rganish bo‘yicha davlat rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa va Jalaquduq tumanlari, Xonobod shahrida o‘rganishlar o‘tkazdi.

Ishchi guruh o‘z ishini mahallalarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, mavjud muammo va kamchiliklar, jinoyatchilik profilaktikasi, “Mahalla yettiligi” faoliyatini o‘rganishdan boshladi.

Xususan, qizil toifadagi hudud Qo‘rg‘ontepa tumandagi "Yangi hayot" mahallasida profilaktik choralar korrupsion holatlar kelib chiqishiga sharoit yaratib berayotgan omillar, “Mahalla yettiligi” tomonidan bandlikni taʼminlash, korrupsiyaga nisbatan murosasizlik kuchaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Qayd etilishicha, mazkur mahalladagi ko‘p qavatli uylarda ayni paytda "Xavfsiz yo‘lak" loyihasi amalga oshirilayotgan bo‘lib, uning doirasida turli huquqbuzarliklarning oldini olish va aniqlash maqsadida uy yo‘lagiga tezkor chaqiruv qo‘ng‘irog‘i, elektron qulf, yuzni aniqlovchi kamera o‘rnatilgan.

Shu kabi o‘rganishlar Jalaquduq tumanidagi “Aqcha”, “Beshkaram”, Xonobod shahridagi “Xontog‘” mahallalarida ham o‘tkazilib, “Mahalla yettiligi” aʼzolari, mahalla ahli bilan muloqotlar tashkil etildi.

Ishchi guruh vakillari tomonidan ushbu hududlardagi sog‘liqni saqlash muassasalarida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ishlar holatiga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Jumladan, ularda bepul va pullik tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish, tibbiy jihozlar va dori vositalari bilan taʼminlash, tibbiyot xodimlarini ishga qabul qilish kabi yo‘nalishlarda korrupsiya xavflarini bartaraf etish choralari ko‘rib chiqildi.

O‘rganishlar mobaynida korrupsiyaning oldini olish ishlari samarali yo‘lga qo‘yilmaganligi bilan bog‘liq salbiy holatlar, muammo va kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha masʼuliyat va tashabbuskorlikni oshirish, nazoratni kuchaytirish lozimligi yuzasidan masʼullarga topshiriq va vazifalar berildi.

Ishchi guruhning viloyatdagi o‘rganishlari davom etadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar