Virtual qabulxona

Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida amalga oshirilayotgan ijtimoiy loyihalar o‘rganildi

Asosiy yangiliklar 575 marta körilgan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-noyabrdagi PQ-4898-son qarori bilan Agentlikka “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida ajratilgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash ustidan doimiy nazorat oʻrnatish yuklatilgan.

Topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ishchi guruhi loyiha doirasida Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida amalga oshirilayotgan ijtimoiy loyihalar o‘rganildi.

Ma’lumot uchun: Loyiha qiymati 180 mln AQSh dollari bo‘lib, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining 21 ta tumanlarida amalga oshiriladi.

Ishchi guruh Paxtaobod tumanining “Toshqo‘rg‘on” va “Andijon” mahallalarida ijtimoiy loyihalar bilan tanishish maqsadida 21 va 22-son maktabgacha ta’lim muassasalari hamda 29-son umumta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.

Shuningdek, loyiha doirasida jamoatchilik nazoratini ta’minlash maqsadida mahalliy aholi orasidan “Tashabbuskor guruhlar”ni shakllantirish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan ijobiy amaliyot “Toshqo‘rg‘on” va “Andijon” mahallalarining tashabbuskor guruh a’zolari bilan muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun: Loyihaning birinchi bosqichi doirasida Paxtaobod tumaniga 170 mlrd. so‘m, xususan “Toshqo‘rg‘on” mahallasiga 4,7 mlrd. so‘m hamda “Andijon” mahallasiga 5,5 mlrd. so‘m ajratilgan bo‘lib, tasdiqlangan subloyihalarni amalga oshirishda samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirish natijasi “Toshqo‘rg‘on” mahallasida 3,6 mlrd. so‘m, “Andijon” mahallasida 3,2 mlrd. so‘m mablag‘ tejab qolingan.

Tejalgan mablag‘lar hisobidan ushbu mahallalarda 2 ta maktabgacha ta’lim muassasasini kompleks ta’mirlash amalga oshirilmoqda.

Ishchi guruh tomonidan mas'ullarga loyiha doirasidagi ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Loyihani amalga oshirish davomida mablag‘larning maqsadli sarflanishi va bu jarayonlarda ochiqlikning ta’minlanishi bo‘yicha nazorat tadbirlari davom ettiriladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar