Virtual qabulxona

"Aksilkorrupsiya xakatoni - 2026"da ishtirok eting

Asosiy yangiliklar 626 marta körilgan

24-25-26 aprel kunlari "Sarbon" universitetida “Aksilkorrupsiya xakatoni - 2026" bo‘lib o‘tadi.

Unda ishtirokchilar ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda korrupsiyaga qarshi innovatsion yechimlar ishlab chiqish imkoniga ega bo'ladi.

Ma'lumot uchun: Bu yilgi xakaton "Sarbon" universiteti, Raqamli texnologiyalar vazirligi, "Oʻzmetkombinat" AJ, IT Park hamkorligida tashkil qilinmoqda.

Yo‘nalishlar:

  • davlat xaridlari, sog'liqni saqlash, sport, qurilish, ta'lim kabi sohalarda korrupsiyaning oldini olish;
  • korrupsiyaga qarshi kurashishga aholi va yoshlarni jalb etish;
  • ochiq ma'lumotlar orqali korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan boshqa yondashuvlar.

Xakatonda 18-35 yoshdagi turli soha vakillari (2 yoki 3 kishilik) jamoaviy holda ishtirok etishi mumkin.

Xakaton qoidalari bilan batafsil ushbu havolada tanishing.

Xakatonda ishtirok etish uchun 20-aprelga qadar ushbu havola orqali ro'yxatdan o'tish lozim.

G’olib jamoalar qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanadi.

Ma'lumot o'rnida: O‘tgan yilgi xakatonning mutlaq g‘olibi — “Uzinfocom” kompaniyasining yosh dasturchilari jamoasi Gonkongda o‘tkazilgan nufuzli “Coding4Integrity” Osiyo xakatonida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi va mazkur tanlovda munosib ishtirok etdi.

Öxşaş materiallar