Aksilkorrupsiya Kovorking markazi hamda “Aksilkorrupsiya” volontyorlari faoliyati bilan tanishildi
Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi direktorining o‘rinbosari Umida Tuxtasheva Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida tashkil etilgan Aksilkorrupsiya Kovorking markazi hamda “Aksilkorrupsiya” volontyorlari faoliyati bilan tanishdi.

Kovorking markazida talabalarning korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi ijodiy loyihalari, tashabbuslari hamda innovatsion g‘oyalari namoyish etildi.

U.Tuxtasheva volontyor talabalar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda yoshlarning tashabbuskorligi, ochiq fikr bildirishga tayyorligi va jamiyatdagi muammolarga befarq emasligi korrupsiyaga qarshi kurashishda katta kuch ekanini qayd etdi.


Talabalarning loyihalari bilan qiziqib, ularning takliflari va tashabbuslarini tingladi. O‘zining amaliy tajribalariga tayangan holda yoshlarning korrupsiyasiz jamiyat barpo etish borasidagi masʼuliyati borasida foydali tavsiyalar berdi.


Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi
Axborot xizmati