Virtual qabulxona

Agentlikda Xalqaro xotin-qizlar kuni ko‘tarinki ruhda nishonlandi

Asosiy yangiliklar 646 marta körilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda Agentlikda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning jamiyat va davlat hayotidagi o‘rni, xususan, korrupsiyaga qarshi kurashishda ularning mehnati va fidoyiligi alohida e’tirof etildi.

Tadbir davomida Agentlik rahbariyati tomonidan ayol xodimlarga samimiy tabriklar yo‘llanib, ularning kasbiy faoliyati, mas’uliyatli mehnati hamda jamoa rivojiga qo‘shayotgan hissasi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, ular munosib rag‘batlantirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar