Agentlikda navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o'rinbosari Umida Tuxtashevaning fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Murojaatlarda mehnat munosabatlariga oid nizolar, suv xo‘jaligi tizimidagi qonunbuzilishi holatlari, tadbirkorlik subyektlari huquqlarini himoya qilish, shuningdek, davlat organlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalaridan norozilik bildirildi.

Qabul davomida barcha murojaatlar atroflicha tinglanib, har bir masala bo‘yicha huquqiy tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi.

Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan, shuningdek, korrupsiya holatlari haqida kelib tushgan xabarlar yuzasidan ariza va shikoyatlar belgilangan tartibda qabul qilinib, ularni qonuniy hal etish hamda ijrosini qat’iy nazoratga olish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati