Agentlik va INL o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Joriy yilning 5-fevral kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari U.Tuxtasheva AQSH Davlat departamentining Giyohvand moddalarni nazorat qilish va huquqni muhofaza qilish ishlari byurosi (INL) O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari N. Rettenmayerni qabul qildi.
Uchrashuvda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan islohotlar, 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturining amalga oshirilishi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy strategiyasi loyihasi bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

Uchrashuv doirasida tomonlar maqbul bo‘lgan soha va yo‘nalishlar bo‘yicha yangi loyihalarni ishlab chiqishga o‘zaro qiziqish bildirib, amaldagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati