Virtual qabulxona

Agentlik huzuridagi Jamoatçilik kengaşi aʼzolari iştirokida "Turonbank"da korrupsiyaga oid masalalar yuzasidan eşituv ötkazildi

Asosiy yangiliklar 322 marta körilgan

9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarşi kuraşiş kuni munosabati bilan “Turonbank” ATBda Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Oçiq eşiklar kuni” tadbiri va jamoatçilik eşituvi taşkil etildi.

Tadbirlarda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi huzuridagi jamoatçilik kengaşi, nodavlat notijorat taşkilotlari vakillari hamda bankning masʼul xodimlari iştirok etdi.

Uçraşuvlarda bank tizimida korrupsiyaning oldini oliş borasida amalga oşirilayotgan işlar, içki nazorat mexanizmlari, korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuqori bölgan jarayonlar, ularning kelib çiqiş sabablari hamda mavjud xavflarni bartaraf etiş çoralari muhokama qilindi. Şuningdek, bank faoliyatida oçiqlik va şaffoflikni taʼminlaş, belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almaşildi.

Tadbir yakunida iştirokçilar “Turonbank” muzeyi bilan tanişib, bankning köp yillik tarixi, rivojlaniş bosqiçlari va bugungi faoliyatini aks ettiruvçi eksponatlarni tomoşa qildilar.

Öxşaş materiallar