Agentlik direktorining navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi
Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanovning navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi.

Fuqarolar o‘z murojaatlarida asosan sud-huquq masalalarida hamda turli davlat organlari, mahalliy hokimliklarda murojaatlarining to‘liq va xolisona ko‘rib chiqilmayotganligidan hamda korrupsiyaviy holatlardan noroziliklar bildirdi.

Qabulda fuqarolarning murojaatlari to‘liq tinglanib, muammolarning yechimi bo‘yicha tegishli huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi. Ijrosi o‘rganish va vaqt talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha fuqarolardan tegishli tartibda ariza va shikoyatlar qabul qilinib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati