Virtual qabulxona

Agentlik direktorining navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi

Asosiy yangiliklar 2 130 marta körilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida “Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” tamoyili asosida fuqarolar murojaatlari tinglanib, ularning masalalariga yechim topish choralari ko‘rib kelinmoqda.

Xususan, bugun Agentlik direktori Akmal Burxanovning navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulga kelgan fuqarolar o‘z murojaatlarida asosan ayrim davlat organlari, mahalliy hokimliklarda murojaatlarining to‘liq va xolisona ko‘rib chiqilmayotganligi hamda turli korrupsiyaviy holatlardan norozilik bildirishdi.

Har bir murojaat to‘liq tinglanib, masala yoki muammolarning yechimi bo‘yicha tegishli huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi. Ijrosi o‘rganish va vaqt talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha fuqarolardan tegishli tartibda ariza va shikoyatlar qabul qilinib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar