Agentlik direktorining navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbariyati va xodimlari tomonidan doimiy ravishda fuqarolarni qabul qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan
Jumladan, bugun Agentlik direktori Akmal Burxanovning navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi.

Fuqarolar o‘z murojaatlarida asosan sud-huquq masalalari, tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish, turli davlat organlari, mahalliy hokimliklarda murojaatlarining to‘liq va xolisona ko‘rib chiqilmayotganligidan hamda korrupsiyaviy holatlardan noroziliklar bildirishdi.

Qabulda fuqarolarning murojaatlari to‘liq tinglanib, muammolarning yechimi bo‘yicha tegishli huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.

Ijrosi o‘rganish va vaqt talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha fuqarolardan tegishli tartibda ariza va shikoyatlar qabul qilinib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati