Virtual qabulxona

Agentlik direktori namanganlik yoshlar bilan uchrashdi

Asosiy yangiliklar 1 413 marta körilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ishchi guruhi tomonidan Namangan viloyatida o‘tkazilayotgan o‘rganishlar bugun Davlatobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston - yoshlar ziyo maskani” axborot-kutubxonasida Agentlik direktori A.Burxanovning viloyat yoshlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimining o‘rinbosari G‘.Murodxo‘jayev ham ishtirok etdi.

Muloqotda A.Burxanov dastlab korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, davlatimiz rahbari tomonidan “halollik vaksinasi” bilan emlangan yangi avlodni kamolga yetkazish bo‘yicha belgilab berilgan ustuvor vazifalar, sohadagi islohotlar jarayoniga yoshlarni faol jalb etish borasida Agentlik tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Qayd etilganidek, Agentlik har yili U-Report , “Ijtimoiy fikr” markazi bilan hamkorlikda yoshlar o‘rtasida turli yo‘nalishlarda ijtimoiy so‘rovlar tashkil etib kelmoqda. Agentlik tomonidan yoshlar uchun seminarlar tashkil etishga qaratilgan “Youthled” loyihasi mavjud bo‘lib, unda mavzuga oid seminarlar, muloqotlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

Bundan tashqari, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yuksak xalqaro mukofot bilan taqdirlash marosimida Prezidentimiz tomonidan ilgarni surilgan tashabbusdan kelib chiqib, bugungi kunda Korrupsiyaga qarshi taʼlim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi (GRACE) dasturini O‘zbekistonda keng joriy etish bo‘yicha faol ish olib borilmoqda.

Muloqotda A.Burxanov korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonlarida ilg‘or g‘oya, yangi tashabbus va takliflar bilan faol ishtirok etish bo‘yicha yoshlarga o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi. Shuningdek, bu borada yoshlarning takliflari, fikr-mulohazalari bilan ham qiziqdi.

Yoshlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishni boshlang‘ich taʼlim olishdan boshlash, yoshlar ongida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni sodda tarzda tushuntirishga qaratilgan qisqa metrajli roliklarni muntazam ravishda berib borish, mavzuga oid ijtimoiy reklamalarni ko‘paytirish, korrupsiya holatlari eng ko‘p uchrayotgan sohalarni raqamlashtirish orqali inson omilini cheklash hamda sohaga oid adabiyotlarni ko‘paytirish bo‘yicha bir qator takliflar ilgari surildi.

Uchrashuvda A.Burxanov va G‘.Murodxo‘jayev yoshlarni qiziqtirgan savol va takliflarga o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Muloqot davomida o‘rtaga tashlangan taklif va fikr-mulohazalar Agentlikning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha kelgusi faoliyatini takomillashtirishda inobatga olinishi qayd etildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Öxşaş materiallar