Agentlik direktori fuqarolarni qabul qildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanovning navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi. Fuqarolar o‘z murojaatlarida asosan qurilish, sog‘liqni saqlash va kadastr sohasidagi qonunbuzilishlar, tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish, turli davlat organlari, mahalliy hokimliklarda murojaatlarining to‘liq va xolisona ko‘rib chiqilmayotganligi hamda Korrupsiyaviy holatlardan noroziliklar bildirishdi.


Shu bilan birga, ayrim murojaatchilar tomonidan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ham bildirildi.


Qabul davomida barcha murojaatlar atroflicha tinglanib, har bir masala bo‘yicha huquqiy tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan, shuningdek, korrupsiya faktlari haqida berilgan xabarlar yuzasidan ariza va shikoyatlar qabul qilinib, ularning ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati