8,1 mlrd so‘mlik davlat xaridlarining qonunchilikka zid amalga oshirilishi oldi olindi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan jami 19 ta holatda jami 8,1 mlrd so‘mlik quyidagi davlat xaridlarida qonunbuzilishi holatlari aniqlanib, bekor qilindi:
Farg‘ona tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi buyurtmachiligida Farg‘ona shahar Ekoshahar hududida yo‘llarni qurish yuzasidan o‘tkazilgan 923,2 mln so‘mlik;
G‘ijduvon tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi buyurtmachiligida maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun mebellar xarid qilish bo‘yicha o‘tkazilgan 878,1 mln so‘mlik;
Urganch tuman tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligida autsorsing xizmatini ko‘rsatish yuzasidan o‘tkazilgan 632,4 mln so‘mlik;
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiiya va agrotexnologiyalar instituti huzuridagi Akademik litsey buyurtmachiligida issiq ovqat yetkazib berish xizmatini tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilgan 396,9 mln so‘mlik;
Buvayda tumani obodonlashtirish boshqarmasi buyurtmachiligida ko‘cha chiroqlari o‘rnatish uchun temir ustunlar xarid qilish bo‘yicha o‘tkazilgan 396,0 mln so‘mlik;
Surxondaryo 2-son viloyat perinatal markazi kir yuvish xizmatini tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilgan 306,0 mln so‘mlik;
Surxondaryo viloyat ftiziatriya klinik shifoxonasi buyurtmachiligida autsorsing xizmati ko‘rsatish yuzasidan o‘tkazilgan 205,0 mln so‘mlik;
O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Qumqo‘rg‘on tumani bo‘limi buyurtmachiligida qurilish mahsulotlari xarid qilish yuzasidan o‘tkazilgan 182,8 mln so‘mlik;
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo viloyat mintaqaviy filiali buyurtmachiligida autsorsing xizmati ko‘rsatish yuzasidan o‘tkazilgan 177,5 mln so‘mlik;
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti buyurtmachiligida universitet hududida Navro‘z bayrami munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va talabalarga bayram dasturxonini tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilgan
175,0 mln so‘mlik;
Xiva shahridagi 56-sonli ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta taʼlim maktab-internati buyurtmachiligida o‘tkazilgan autsorsing xizmati ko‘rsatish yuzasidan 169,0 mln so‘mlik;
Konimex tuman madaniyat va turizm bo‘limi istirohat bog‘i o‘rindiqlari va urna o‘rnatib berish maqsadida o‘tkazilgan 140,0 mln so‘mlik;
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi kompetensiyani rivojlantirish instituti buyurtmachiligida qurilishda ishchilar foydalanishi uchun himoya kaskalari xarid qilish yuzasidan o‘tkazilgan 120,0 mln so‘mlik;
Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligida Qarshi shahridagi 1,2,3,5,7-sonli oilaviy poliklinikalarga videokuzatuv uskunalarini yetkazish va o‘rnatib berish xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha o‘tkazilgan 108,2 mln so‘mlik;
Yoshlar ishlari agentligining Sharof Rashidov tumani bo‘limi buyurtmachiligida shaxsiy kompyuter va printerlar xarid qilish bo‘yicha o‘tkazilgan 100,5 mln so‘mlik;
Farg‘ona shahar hokimligi buyurtmachiligida
Farg‘ona shahar “Mashʼal” MFYda tashkil etilgan “Eko bog‘”da ekish uchun ko‘chatlar sotib olish” bo‘yicha o‘tkazilgan 89,3 mln so‘mlik;
Konimex tumani madaniyat bo‘limi-tuman madaniyat va aholi dam olish markazi buyurtmachiligida ovoz yozish studiyasi uchun kerakli asbob uskunalar xarid qilish bo‘yicha o‘tkazilgan 71,0 mln so‘mlik davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan.
Shuningdek:
“Mikrokreditbank” Surxondaryo viloyat filiali buyurtmachiligida bankning Jarqo‘rg‘on tuman filiali binosini taʼmirlash bo‘yicha o‘tkazilgan 1,84 mlrd so‘mlik;
Toshkent viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi buyurtmachiligida Toshkent viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi maʼmuriy binosiga quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha o‘tkazilgan 1,2 mlrd so‘mlikdavlat xaridlarida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonuni talablariga zid ravishda o‘zaro affillangan shaxslar ishtirok etgan.
Tahlillarga ko‘ra, yuqoridagi qonunbuzilishi holatlari hududlar kesimida Surxondaryo viloyatiga 5 ta, Farg‘ona viloyatiga 3 ta, Xorazm, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahriga 2 tadan, Buxoro, Jizzax va Toshkent viloyatlariga 1 tadan to‘g‘ri kelmoqda. Sohalar kesimida esa taʼlim va sog‘liqni saqlash sohalariga 5 tadan, mahalliy hokimlik va tizim tashkilotlariga 3 ta, bank-moliya va madaniyatga 2 tadan, transport va yoshlarga 1 tadan taalluqlidir.
Agentlikning taqdimnomalariga asosan mazkur davlat xaridlari bo‘yicha xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilindi.
Qayd etilgan qonunbuzilishi holatlari oid to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati