Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

O‘zbekiston va Rossiya korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

Batafsil

2025-yilda soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalanish holatlarining ochiqligi tahlil qilindi

Prezident farmoniga asosan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan tashkilotlarning 2025-yil yakuni bo‘yicha soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalanganlik holati tahlil qilindi.

Tahlillarga ko‘ra, mazkur davrda umumiy qiymati 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalanilgan.

Yil yakuni bo‘yicha 143.205 ta subyekt tomonidan soliq imtiyozlaridan foydalanilgan bo‘lib, imtiyoz summasi 119,0 trln so‘mni tashkil etgan.

Shu jumladan, yuridik shaxslar (139.020 ta) tomonidan 118,9 trln so‘m, yakka tartibdagi tadbirkorlar (4185 ta) tomonidan 120,7 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanilgan.  

Soliq imtiyozlarining 77,0 foizi yoki 91,6 trln so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobiga to‘g‘ri keladi.

Foyda solig‘i 15,8 trln so‘m, mol-mulk solig‘i 3,5 trln so‘m, ijtimoiy soliq 3,2 trln so‘m, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
2,4 trln so‘m, yer solig‘i 2,1 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Foydalanuvchilar soni bo‘yicha eng ko‘p bo‘lgan imtiyozlar:

- Soliq kodeksi 337-moddasi, 1 qism, 3- bandi  26594 ta;

- Soliq kodeksi 467-moddasi, 1 qism, 2.1 bandi, 3-xatboshisi  – 26077 ta;

- Soliq kodeksi 378-moddasi, 18-bandi - 18026 ta;

- Soliq kodeksi 403-moddasi, 4-qism, 3-xatboshisi - 17853 ta;

- PF-213-son Prezident Farmoni 2-bandi, a-kichik bandi, 2-xatboshisi – 13545 ta  subyekt foydalangan

Soliq imtiyozlaridan foydalangan tashkilotlar soni imtiyoz summasi kesimida:

1 mlrd so‘mgacha                   – 137.551 ta;

- 1-100 mlrd so‘mgacha            – 5.546 ta (6 ta YATT);

100 mlrd–1 trln so‘mgacha92 -ta;

1 trln so‘mdan ortiq         – 16 tani tashkil etadi.

Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ hamda tijorat banklari hamda sug‘urta tashkilotlaridan tashqari eng ko‘p imtiyozdan foydalangan tashkilotlar quyidagilar:

Soliq imtiyozlaridan foydalanuvchilarning to‘liq ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Bojxona imtiyozlaridan esa 15.346 ta tashkilot foydalangan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 59,1 trln so‘mni tashkil etadi.

Shu jumladan, davlat ahamiyatiga molik loyihalar bo‘yicha12.6 trln so‘m, chet davlatlarning vakolatxonalari va chet davlat diplomatik vakolatxonasining diplomatik agentlari tomonidan 345,0 mlrd so‘m qiymatidagi imtiyozlardan foydalanilgan.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ hamda bank-moliya tashkilotlarini hisobga olmaganda eng yirik imtiyozdan foydalanuvchi tashkilotlar quyidagilar:

Shuningdek, 75 ta chet el yuridik shaxslarining O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasalari tomonidan 2,46 trln so‘mlik bojxona imtiyozlaridan foydalanilgan.

Eng ko‘p bojxona imtiyozlaridan foydalangan chet el yuridik shaxslarining O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasalari quyidagilar:

Bojxona imtiyozlaridan foydalanuvchilarning to‘liq ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

Agentlik tomonidan ushbu yo‘nalishdagi ma’lumotlarning belgilangan muddatlarda ochiqlanishi doimiy ravishda o‘rganib borilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar