1,9 mlrd so‘mlik davlat xaridlari noqonuniy o‘tkazilishining oldi olindi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan jami 1,9 mlrd so‘mlik quyidagi 3 ta davlat xaridida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi:
- Urganch dzyudo sport mahorati maktabi buyurtmachiligidagi jami 1,6 mlrd so‘mlik;
- Xorazm viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi buyurtmachiligidagi 298 mln so‘mlik;
- Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi buyurtmachiligidagi 32,5 mln so‘mlik davlat xaridlarida O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning bir qator talablariga zid ravishda baholash jarayonida qonunbuzilishiga hamda ishtirokchilar o‘rtasida raqobatni cheklash holatlariga yo‘l qo‘yilgan.
Mazkur holatlar bo‘yicha Agentlikning taqdimnomalari asosida xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilinib, qayd etilgan davlat xaridlari qonunga xilof ravishda o‘tkazilishining oldi olindi.
O‘rganish va tahlillar jarayonida to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati