Virtual qabulxona

1,4 mlrd soʼmlik davlat xaridida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi

Asosiy yangiliklar 778 marta körilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 3 ta davlat xaridlarida 1,4 mlrd so'mlik qonunbuzilishi holatlariga yo'l qo'yilgani aniqlandi.

Jumladan:

▫️Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi buyurtmachiligida jami 832 mln so‘mlik “ultrabinafsha nurlantirish apparati uchun plazmaga mo‘ljallangan “Mirasol” bir martalik to‘plamlarini sotib olish”;

▫️ Xorazm viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi buyurtmachiligida 298 mln so‘mlik “Yangiariq tumanida ekoturizmni rivojlantirish maqsadida 40 gektar maydonda dam olish maskanini barpo etish master rejasini ishlab chiqish”;

▫️ Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamentining Jizzax viloyati hududiy bo‘limi buyurtmachiligida 253,5 mln so‘mlik “Jizzax viloyati sudining yangi binosiga muzey jihozlari sotib olish va o‘rnatish” yuzasidan o‘tkazilgan xaridlarda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun talablariga zid ravishda raqobat va xolislik prinsipi talablari buzilganligi aniqlandi.

Aniqlangan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan yuborilgan Agentlikning taqdimnomalari bilan xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilinishi ta’minlanib, davlat xaridlarining qonunga xilof ravishda o‘tkazilishining oldi olindi.

O‘rganish va tahlillar jarayonida to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Öxşaş materiallar