2025 yilda amalga oşirilgan işlar töğrisida ma’lumot
Asosiy körsatkiçlar
Faoliyatning asosiy yönalişlari
I. Qonunçilik bazasini takomillaştiriş
5 ta normativ-huquqiy hujjat, jumladan PF-71 va PF-270-son farmonlar, PQ-147 va PQ-288-son qarorlar qabul qilindi.
II. Soha va tarmoqlarda korrupsiya omillarini aniqlaş va bartaraf etiş
14 ta hududda örganişlar ötkazildi; 157 nafar mansabdor şaxs böyiça taklif kiritilib, 148 nafariga çoralar körildi; 12 217 ta manfaatlar töqnaşuvi bartaraf etildi.
III. Davlat xaridlari: örganiş va masofaviy monitoring
Taqdimnomalar asosida 70 mlrd sömlik 60 ta xarid bekor qilindi; Agentlik örganişlari natijasida 22 ta jinoyat işi qözğatildi.
IV. Korrupsiyaga qarşi içki nazorat tuzilmalari
27 815 ta örganiş, 5 497 ta korrupsiyaviy omil; 794,8 mlrd sömlik maqsadsiz sarfning oldi olindi, 509,3 mlrd sömlik zarar undirildi.
V. Korrupsiyaga qarşi kuraşiş işlari samaradorligini reyting baholaş
41 ta taşkilot «yaxşi», 53 tasi «qoniqarli», 8 tasi «qoniqarsiz»; örtaça ball 74,2 ga yetdi.
VI. Oçiqlik indeksi
«Yaşil» toifadagilar 18 foizga köpaydi, «qizil» toifadagilar 15 foizga kamaydi.
VII. Funksiyalardagi korrupsiya xavf-xatarlarini baholaş
121 ta taşkilotning 6 123 ta funksiyasi baholandi: 466 tasi yuqori, 1 753 tasi örta, 3 409 tasi past xavf-xatarli.
IX. Manfaatlar töqnaşuvini tartibga soliş
559 ta bayonnoma rasmiylaştirildi; eng köp holat mahalliy hokimliklarda (217 nafar).
X. Murojaatlarni körib çiqiş
5 256 ta murojaat (+25 foiz): 5 248 tasi körib çiqildi; 89 ta sörovnoma va 78 ta taqdimnoma yuborildi.
XII. Milliy kengaş faoliyati va jamoatçilik iştiroki
«Virtual akademiya»ning maxsus kurslarida 50 396 nafar davlat xizmatçisi öqitildi; 30 dan ortiq guruh va 1 000 nafar talabadan iborat volontyorlik harakati boşlandi.
XIII. Xalqaro hamkorlik
4 ta memorandum va 1 ta çora-tadbirlar rejasi imzolandi; Özbekiston MDH davlatlararo kengaşi va ACI ga qöşildi; COSP-12 2027 yilda Özbekistonda ötkaziladi.
| Nomi | Yuklab oliş |
|---|---|
| Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining 2025 yil davomida amalga oşirilgan işlar töğrisida ma’lumot PDF | Yuklab oliş: Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining 2025 yil davomida amalga oşirilgan işlar töğrisida ma’lumot, PDF |
Bölimlar böyiça töliq matn
Kiriş
2025 yilda korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi islohotlar yangi bosqiçga kötarildi.
Xususan, korrupsiyaga qarşi kuraşiş masalalari 2 marotaba bevosita Davlat rahbari iştirokida muhokama qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Ma’lumot uçun: 2025 yilning 5 mart kuni Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy kengaşining kengaytirilganyiğilişi va 2025 yil 10 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida ötkazilgan taqdimot. Özbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) tomonidan belgilangan ustuvor vazifalar doirasida quyidagi işlar amalga oşirildi.
I. Qonunçilik bazasini takomillaştiriş
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida 5 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Xususan:
- “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş tizimini yanada takomillaştiriş böyiça belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali taşkil etişga doir çora-tadbirlar töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni (PF–71-son, 21.04.2025 yil) bilan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy kengaşining 2025 yil 5 martda ötkazilgan kengaytirilgan yiğilişida belgilangan topşiriqlar ijrosini ta’minlaş böyiça işlab çiqiladigan 21 ta normativ-huquqiy hujjatlar röyxati hamda amaliy çora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi;
- “Özbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni (PF–270-son, 30.12.2025 yil) bilankorrupsiyaga qarşi milliy sertifikatlaştiriş menejment tizimi hamdakorrupsiyaning oldini oliş klaster tiziminijoriy etiş, Agentlikda «Xavf-tahlil markazi» taşkil etiş, «Raqamli komplayens» axborot dasturiy kompleksini işga tuşiriş belgilandi;
- “Davlat organlari va taşkilotlarining korrupsiyaga qarşi içki nazorat bölinmalari mustaqilligini ta’minlaş hamda faoliyati samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (PQ–147-son, 21.04.2025 yil) bilan: Içki nazorat bölinmalari bevosita taşkilotning birinçi rahbariga böysunişi belgilandi; Içki nazorat bölinmalarini taşkil etişning minimal mezonlari tasdiqlandi; Huquqiy eksperiment tarzida Soğliqni saqlaş, Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi, Suv xöjaligi vazirliklari, “Özbekneftgaz” va “Özsuvtaminot” AJlarning içki nazorattuzilmasi Agentlikka ötkazildi;
- “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida fuqarolik jamiyati institutlarining iştirokini yanada kengaytiriş va ilmiy tadqiqotlarni qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (PQ–288-son, 19.09.2025 yil) bilan korrupsiyaga qarşi kuraşişda fuqarolik jamiyati institutlari iştirokini yanada kengaytirişning ustuvor yönalişlari belgilandi, şuningdek “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş muammolari böyiça mintaqaviy tadqiqot markazi” taşkil etildi;
- “Özbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş, şuningdek, ba’zilarini öz kuçini yöqotgan deb hisoblaş töğrisida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori (362-son, 12.06.2025 yil) bilan korrupsiyaga oid ma’muriy huquqbuzarliklar, şu jumladan manfaatlar töqnaşuvi haqida xabar bergan şaxslarni undirilgan jarimaning ellik foizigaça miqdorida rağbatlantiriş tizimi joriy etildi.
II. Soha va tarmoqlarda korrupsiya omillarini aniqlaş va bartaraf etiş
1. Hududlarda ötkazilgan örganişlar: Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy kengaşining kengaytirilgan yiğilişidabelgilangan vazifalar doirasida Oliy Majlis palatalari, Agentlik, huquq-tartibot organlari, tegişli vazirlik va idoralar mas’ul xodimlaridan iborat işçi guruhlar taşkil qilinib, 14 tahududda soğliqni saqlaş, ta’lim, bandlik, bank, kadastr va boşqa sohalarida byurokratiya, maişiy korrupsiyaning kelib çiqiş sabablari joyida örganildi.
Örganişlar natijalari Milliy kengaş tomonidan 8 tahudud (Qoraqalpoğiston Respublikasi, Farğona, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Namangan va Surxondaryoviloyatlari) hamda 2 ta vazirlikda (Maktabgaça va maktab ta’limi, Soğliqni saqlaş) sayyor majlislarda muhokama qilindi. Hududlarda bittadan tuman-şaharni“Korrupsiyadan holi hudud”ga aylantiriş böyiça “Yöl xarita”lari tasdiqlanib, ijroga qaratildi.
- Törtköl tumani
- Ğijduvon tumani
- Oltiariq tumani
- Şarof Raşidov tumani
- Marğilon şahri
- Konimex tumani
- Pop tumani
- Sayxunobod tumani
- Asaka tumani
- Quva tumani
- Jarqörğon tumani
- Toşkent viloyatining barça tuman-şaharlari
Mazkur tuman-şaharlarga Agentlik xodimlari biriktirilib, haftada bir kun “Yöl xarita”ijrosi böyiça mas’ullar bilan iş taşkil qilinmoqda. Korrupsiyaga qarşi kuraşiş va kriminogen vaziyatni barqarorlaştiriş borasida yöl qöyilgan kamçiliklar böyiça jami 157 nafar mansabdor şaxsning egallab turgan lavozimiga loyiqligimasalasini körib çiqiş va intizomiy jazolaşyuzasidan bildirilgan taklif asosida, ularning 148 nafariga belgilangan çoralar körildi (qolgan takliflar körib çiqilmoqda). “Yöl xaritalari” ijrosi doirasida quyidagi işlar amalga oşirildi:
- a) soğliqni saqlaş, ta’lim, kadastr va quriliş tizimining barça darajadagi xodimlari Boşqaruv samaradorligi agentligining hududiy filiallari (hrm.argos.uz) orqali işga qabul qilinmoqda; Masalan, Soğliqni saqlaş tizimida 2 189 nafarxodimlar oçiq tanlov asosida işga qabul qilingan, Buxoro viloyati soğliqni saqlaş tizimida 2025 yilda işga qabul qiliş bilan boğliq birorta korrupsiyaviy jinoyatlar qayd etilmadi. Tibbiyot muassasalarida 0,25 va 0,5 stavkada işlayotgan 5105 nafar tibbiyot xodimlari töliq stavkaga ötkazildi.
- b) Uzoq yillar bir lavozimda işlab kelayotganrahbar xodimlar rotasiya qilinmoqda; Masalan, maktabgaça va maktab ta’limi tizimida 666 nafar maktab direktori va 447 nafar maktabgaça ta’lim taşkiloti rahbari rotasiya qilindi.
- v) vazirliklarda “Situasion markaz”larni taşkil qiliş orqali byudjet mablağlarining töğri sarflanişi ustidan nazorat örnatildi; Maktabgaça va maktab ta’limi tizimida 280 mlrd,Soğliqni saqlaş tizimida 247 mlrd sömlik maqsadsiz xarajatlar oldi olindi.
- g) davlat xizmatçilari tomonidan manfaatlar töqnaşuviga yöl qöyiş bilan boğliq holatlaribartaraf etildi; 12 217 ta manfaatlar töqnaşuvi holatlari bartaraf etildi.
- d) Davlat xizmatlarini körsatuvçi xodimlar faoliyatini baholaş maqsadida ijtimoiy soha ob’yektlari va davlat xizmatlari markazlarida 940 ta infokiosklar örnatilib, davlat xizmatlarini körsatiş sifatini aholi tomonidan baholaş tartibi joriy etildi.
Ma’lumot uçun: Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 16 dekabrdagi “Aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga davlat xizmatlarini körsatiş sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaş töğrisida”gi 792-son qarorining 1-ilovasi bilan Davlat xizmatlari körsatiş sifatini aholi tomonidan baholaş tartibi töğrisidagi Nizom tasdiqlandi.
Masalan, mahallalar hamda korxonalarga biriktirilgan soliq organlari xodimlarini KPI körsatkiçlari işlab çiqilib, “Soliq” mobil ilovasida soliq inspektorlari faoliyatini baholaş tizimi joriy qilindi.
Şuningdek, tibbiyot muassasalariga örnatilgan infokioskalar orqali fuqaro tibbiy xizmatlar töğrisida ma’lumot olişi, şifokor qabuliga yozilişi, özining tibbiy holatidan xabardor bölişi, şifokor xizmatini korrupsiyadan holiligi böyiça baholaşi mumkin.
2. “Andijon tajribasi” asosida Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida korrupsiyaning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş, şu jumladan maişiy korrupsiyaga barham beriş, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda böliş muhitini yaratiş böyiça “Yöl xarita”lari tasdiqlanib, ijroga qaratildi.
Ma’lumot uçun: Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining 2025 yil 7-maydagi 03-RA 1-6793/6-son topşiriği bilan “Andijon tajribasi” asosida namunaviy “Yöl xarita” tasdiqlandi hamda ijrosini ta’minlaş böyiça Respublika va hududiy işçi guruhlar taşkil etildi. Agentlik direktori va Boş prokurorning birinçi örinbosari rahbarligidagi Respublika işçi guruhi tomonidan har haftada bittadan hududda, jami 208 ta tuman va şaharlardagi 400 dan ortiq ob’yektda topşiriqlar ijrosi örganilib, mas’ullarning hisobotlari eşitildi hamda ijroçilarga amaliy kömak körsatildi. Asosiy e’tibor joylarda maişiy va tizimli korrupsiyaga çek qöyiş, davlat xizmatlarini körsatişda inson iştiroki bilan boğliq korrupsiyaviy omillarni bartaraf etişgaqaratildi. “Raqamli bozor” dasturi joriy etilib, respublikadagi 281 ta bozor va ulardagi 132 ta avtoturargoh raqamlaştirişga erişildi.
Natijada örtaça oylik tuşum 13,4 mlrdsömga, örtaça oylik soliq tölovi 2,8 mlrd sömga ortdi.
Şuningdek, 42 216 ta tadbirkorni rasmiy röyxatdan ötkaziş orqali oyiga örtaça 2-3 mlrdsömlik qöşimça soliq manbai yaratildi. Respublikadagi 263 ta jarima maydonçalari raqamlaştirilişi tufayli örtaça oylik tuşumlari 1,7 mlrd sömga, örtaça oylik soliq tölovi 161 mlrdsömga ortdi.
Soğliqni saqlaş tizimida inson omilini qisqartiriş maqsadida 30 ga yaqin axborot xizmatlari (tez tibbiy yordam, JihozMed, “Elektron poliklinika” va b.) “DMED” axborot tizimigaintegrasiya qilinişi oqibatida 4 123 ta tibbiyot muassasasida 36 mln aholining yagona elektron tibbiy kartasi şakllantirildi.
Sirdaryo viloyatida 268 ta xususiy dorixonadan 257 tasiDMED (reimbursasiya) dasturiga ulanişi natijasida 2025 yilda uşbu dorixonalarning tuşumi 2024 yilga nisbatan 145 mlrd sömga ortdi. Aholiga transport va kommunal xöjalik sohalarida xizmat körsatiş bilan boğliq maişiy korrupsiyaning oldini olişga qaratilgan raqamlaştiriş işlari amalga oşirildi.
Samarqandda 140 ta avtobusga sun’iy intellekt bilan dasturlangan kameralar yordamida yölovçilarni sanaş, tölovlarni avtomat hisoblaş imkoniyati yaratilib, sohadagi korxonalarning 2025 yildagi tuşumi 2024 yilga nisbatan 19,2 mlrd sömga ortdi. Nazorat-tekşiruv idoralari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalari joriy etilib, huquqbuzarlikni aniqlaş imkoniyati kengaydi.
Qaşqadaryoda 76 nafar ekologik nazorat xodimi planşet va rasiya bilan ta’minlanişi natijasida 2025 yilda 2024 yilga nisbatan huquqbuzarlikni aniqlaş 1 243taga, undirilgan jarima miqdori 2,6 mlrd sömga ortdi. Samarqand tuman va Samarqand şaharda 54 nafar elektr nazorat xodimi bodikamera va planşet bilan ta’minlanişi natijasida 1 568 ta elektrdan noqonuniy foydalaniş holatlarida 31,7 mlrd sömlik zarar aniqlangan.
Kadastr sohasida qişloq xöjaligi ekin yer maydonlarini “UZKAD” elektron dasturigakiritiş orqali noqonuniy qurilişlarni öz vaqtida aniqlab, yerlarni davlat zaxirasiga qaytariş imkoniyati yaratildi. Birgina, Andijon viloyatida özboşimçalik bilan egallangan 4,3 ga yer maydoni davlat zaxirasiga qaytarildi. Qonunga xilof 20 ta kadastr hujjati bekor qilindi, 56 taholatda 1,87 ga ekin yer maydoniga noqonuniy kadastr hujjati rasmiylaştirişning oldi olindi.
III. Davlat xaridlari: örganiş va masofaviy monitoring
Davlat xaridlarini amalga oşirişdagi qonunbuzilişi holatlari böyiça ötkazilganörganişlarda jami 673,3 mlrd. sömlik 192 taxaridlarda qonunbuzilişi holatlariga yöl qöyilganligi aniqlanib, 666,6 mlrd. sömlik 189 tadavlat xaridlari yuzasidan davlat buyurtmaçilariga 117 ta taqdimnoma, 667,5 mlrd. sömlik 166 ta davlat xaridlari yuzasidan huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat organlariga 109 ta sörovnomayuborildi.
Mazkur holatlarning (192 ta) 17 tasi (26,7 mlrd. söm) masofaviy monitoring tadbirlari, 139 tasi (620,9 mlrd. söm) murojaatlar, 35 tasi (25,4 mlrd. söm)ommaviy axborot vositalari va internet sahifalarida e’lon qilingan xabarlar, 1 tasi (344 mln. söm) vazirlik va idoralarning xabarlarini örganiş davomida aniqlangan.
Aniqlangan holatlar böyiça 14 nafar (16 mlrd.)mansabdor şaxslarning ma’muriy, 12 nafarining (3,8 mlrd.) intizomiy javobgarligi hal etilgan bölsa, 2 ta holatda jinoyat işi qözğatilgan. Yuborilgan taqdimnomalar asosida 70 mlrd. sömlik 60 ta xaridlar bekor qilindi.
Amalga oşirilgan davlat xaridlarida aniqlangan qonunbuzilişi holatlarining aksariyat qismi davlat buyurtmaçilari tomonidan iştirokçilarning takliflarini noxolis baholaş, affillanganlik hamda davlat xaridlari e’lonlarida raqobatni çeklovçi şartlarkiritişni taşkil etmoqda.
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya taşkilotlari mablağlari hisobidan amalga oşirilgan xaridlar böyiça ötkazilgan tekşiruvlar davomida tender savdolarini şaffof va halol ötkazişga oid 50 dan ortiq kamçiliklar, şuningdek 35 ta korrupsiyaviy omillar aniqlandi.
Aniqlangan korrupsiyaviy omillarning asosiy qismini xarid hujjatlarini ma’lum bir iştirokçilarga moslaştirgan holda şakllantiriş yoki raqobatni çeklovçi şartlar kiritiş, takliflarni noxolis baholaş hamda baholaşda yagona mezon va yondaşuv mavjud emasligi kabi holatlar taşkil etgan. Agentlik tomonidan ötkazilgan örganişlar natijasida aniqlangan korrupsiya holatlari böyiça22 ta jinoyat işlari qözğatilgan.
Xususan,
- Andijon viloyatida joylaşgan tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan imtiyozli kredit mablağlarining talon-taroj qilinganlik holati böyiça 5 ta jinoyat işi;
- Farğona, Samarqand va Andijon viloyatlarida işsiz fuqarolarni iş bilan ta’minlaş uçun tikuv maşinasi va boşqa kasanaçilik mahsulotlarini yetkazib beriş maqsadida ajratilgan subsidiya mablağlarining talon-taroj qilinganlik holati böyiça 9 ta jinoyat işi;
- Toşkent, Andijon, Farğona va Samarqand viloyatlarida eksport qiluvçi taşkilotlargastandartlarni joriy qiliş va muvofiqlik sertifikatlarini oliş böyiça ajratilgan subsidiya mablağlarining talon-taroj qilinganlik holati böyiça 4 ta jinoyat işi;
- Namangan viloyati Soğliqni saqlaş boşqarmasi tizimidagi 7 ta davlat buyurtmaçilari tomonidan amalga oşirilgan davlat xaridlarida tovarlarni qimmat narxlarda xarid qilinganlik holati böyiça 1 ta jinoyat işi;
- Jismoniy va yuridik şaxslardan kelib tuşgan murojaatlar hamda OAVda e’lon qilingan tanqidiy maqolalar yuzasidan ötkazilgan örganişlar natijasida 3 ta jinoyat işi qözğatildi.
IV. Korrupsiyaga qarşi içki nazorat tuzilmalari
Davlat rahbarining topşiriğiga asosan 117 taiçki nazorat bölinmasi rahbarlari töliq yangilandi. Hozirda 197 ta taşkilotda içki nazorat bölinmalari taşkil etildi.
Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi, Suv xöjaligi va Soğliqni saqlaş vazirliklari hamda “Özbekneftgaz” va “Özsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyatlari içki nazorat bölinmasi rahbari ştat birliklari Agentlikka ötkazildi hamda Agentlikning 5 nafar malakali va tajribali xodimlari eksperiment ötkaziladigan taşkilotlarning korrupsiyaga qarşi içki nazorat bölinmasi rahbari lavozimlariga tayinlandi.
Içki nazorat bölinmalari tomonidan 2025 yilda27 815 ta örganişlar ötkazilib, 5 497 takorrupsiyaviy omillar aniqlandi. Unda:
- 794,8 mlrd. sömlik mablağlarning maqsadsiz sarflanişi oldi olindi;
- 2,0 trln. sömlik moliyaviy xato va kamçiliklar aniqlandi;
- 509,3 mlrd. sömlik yetkazilgan zarar undirilişi ta’minlandi.
- Öz taşabbusi asosida 2532 ta xizmat tekşiruvi ötkazildi.
- 344 ta jinoyat va 493 ta ma’muriy, 2 793 ta intizomiy jazo çorasi qöllanildi. Agentlik va Hisob palatasi hamkorligidakorrupsiyaga qarşi içki nazorat bölinmalari faoliyati monitoringi olib borildi. Içki nazorat bölinmalari xodimlari malakasini oşiriş maqsadida har çorakda öquv seminarlari taşkil etildi. Jumladan,
- 2025 yil 21 yanvar kuni 131 ta taşkilotningiçki nazorat bölinmalarining jami 200 nafar dan ortiq mas’ul xodimlari iştirokida;
- 2025 yil 6 may kuni 150 ta taşkilotning içki nazorat bölinmalarining jami 300 nafar mas’ul xodimlari iştirokida;
- 2025 yil 20-21 avgust kunlari Agentlik va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida “Davlat organlari va taşkilotlarida korrupsiyaning oldini oliş va “komplayens-nazorat” tizimi samaradorligini oşiriş” mavzusida öquv seminari taşkil etildi.
V. Korrupsiyaga qarşi kuraşiş işlari samaradorligini reyting baholaş
102 ta ( 2024 y 95 ta) davlat organi va taşkilotining korrupsiyaga qarşi kuraşiş işlarining samaradorligi reyting baholaşdan ötkazilib, 41 tasining (42) faoliyat samaradorligi “yaxşi” (81-100 ball), 53 tasiniki (38) “qoniqarli” (55-80 ball) hamda 8 tasiniki (15) “qoniqarsiz” (55 balldan past) toifalarga ajratildi.
Tahlillarga köra, 2025 yilgi reyting natijalari örtaça 74,2 ballni taşkil etib, 2023 yilga nisbatan 5,2 ballga (95 ta davlat taşkiloti örtaça 68,9 ball), 2022 yilga nisbatan esa 14,7ballga (62 ta davlat taşkiloti 59,5 ball)yaxşilangan.
Şu bilan birga, 2023 yilgi reyting baholaşda “qoniqarsiz” deb topilgan 13 ta davlat taşkiloti faoliyatida aniqlangan kamçiliklar yuzasidan Agentlik bilan hamkorlikda amalga oşirilgan manzilli çora-tadbirlar natijasida ularning faoliyatida ham ijobiy ösiş kuzatildi. “Qoniqarsiz” toifadagi 8 ta taşkilot tomonidan faoliyatidagi kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan çora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Ma’lumot uçun: Ğaznaçilik xizmati qömitasi (17 ball), Farmasevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi (26 ball), “Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM (28 ball), “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” DM (48 ball), “Özagrolizing” AJ (53 ball), Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalaniş markazi (53 ball) ilk baholaşdan ötkazilgan bölib, faoliyati qoniqarsiz baholangan.
VI. Oçiqlik indeksi
Oçiqlik Indeksida jami 98 ta (2024 y 103 ta) davlat organlari va taşkilotlari faoliyati örganilib, 50 tasining (31) samaradorligi “yaşil”(71-100 ball), 35 tasiniki (43) “sariq” (55-71 ball) hamda 15 tasiniki (29) “qizil” (55 balldan past)körsatkiçlarni qayd etdi. Ötgan yilga nisbatan “yaşil” toifada baholangan davlat idoralari miqyosi 18 foizga köpayib, “qizil” toifadagilar 15 foizga (ijobiy ösiş körsatkiçlari böyiça) kamaygan.
Respublika darajasida Farmasevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi (32 ball), Gidrometeorologiya xizmati agentligi (45 ball), Oila va xotin-qizlar qömitasi (50 ball) va Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasi (51 ball) “Qizil” toifada baholangan.
“Qizil” toifaga kiritilgan davlat organlari va taşkilotlarida oçiqlikni ta’minlaşga mas’ul bölgan xodimlarga nisbatan qonunçilikda belgilangan tartibda intizomiy jazo çorasini qöllaş töğrisida takliflar kiritildi.
VII. Funksiyalardagi korrupsiya xavf-xatarlarini baholaş
Korrupsiya xavf-xatarlarini baholaşda 121 ta ( 2024 yil 92 ta) davlat organlari va taşkilotlarining 6 123 ta (7 525 ) funksiyalaridan 466 tasi (495) korrupsiya huquqbuzarligini sodir etiş xavf-xatar darajasi “yuqori”, 1 753 tasi(1541) “örta” hamda 3 409 tasi (5 489) “past”ekanligi aniqlandi. Mazkur baholaş natijalari jamoatçilik muhokamasidan ötkazilib, bildirilgan takliflar asosida davlat taşkilotlarining Korrupsiyaga moyil bölgan munosabatlar elektron reyestri,Korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritalari,Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça dasturlariva Korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori bölgan lavozimlar röyxati tasdiqlandi.
VIII. Davlat organlari faoliyatining oçiqligini ta’minlaş
Davlat organi va taşkilotlarida oçiqlikka oid qonunçilik hujjatlari ijro holati örganilib, belgilangan talablarning buzilişiga olib kelgan sabab va şart-şaroitlarni bartaraf etiş töğrisida vazirlik va idoralarga 45 ta taqdimnoma kiritildi. Jumladan:
- qayta aloqaning sirli mijozi tadbiri böyiça ötkazilgan tadbir natijasida 9 ta;
- davlat organlari va taşkilotlari tomonidan rasmiy veb-sayt va boşqa axborot resurslarida e’lon qilingan oçiq ma’lumotlarni örganiş natijasida aniqlangan holatlar böyiça 32 ta;
- Falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini oliş uçun ilmiy kengaşlar tomonidan ötkazilgan dissertasiya himoyalari internet tarmoği orqali jonli efirga uzatilişini monitoring qiliş natijasida aniqlangan holatlar böyiça 4 ta;
- investisiya loyihalarini amalga oşiriş davomida oçiqlikni ta’minlaş sohasida yöl qöyilgan kamçiliklarni bartaraf etiş töğrisida 1 ta. Davlat organlari va taşkilotlariningoçiqlikni ta’minlaşga mas’ul xodimlarini öqitiş böyiça “E-learning” elektron platformasi işga tuşirilib, 119 ta davlat organlarining 1320 nafar mas’ul xodimlari öqitildi Agentlik, “IT Park”, “Navoiy kon metallurgiya kombinati” AJ hamda Yangi Özbekiston universiteti bilan hamkorlikda 2025yilning 2-4-may kunlari oçiq ma’lumotlar bazalaridan foydalangan holda davlat idoralari faoliyati oçiqligini ta’minlaş, şu jumladan korrupsiyaning oldini olişga xizmat qiluvçi dasturiy ta’minotlar, onlayn platformalar işlab çiqiş böyiça yoş dasturçilar örtasida xakaton (tanlov) taşkil etildi. Vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korrupsiyaga qarşi kuraşiş hududiy kengaşlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari öqitişga qaratilgan 4 taseminar-treninglarda 300 nafardan ortiq vakillar iştirok etdi. Xalqaro moliya institutlari mablağlari hisobidan moliyalaştiriladigan 26 ta investisiya loyihalari ustidan jamoatçilik nazorati örnatildi.
Xususan, har bir loyiha ijrosi holati töğrisida jamoatçilikni xabardor qiliş maqsadida 14 ta mas’ul davlat organining veb-saytida alohida sahifa taşkil etilib, ma’lumotlarni (loyiha qiymati, reja-grafik, ötkazilgan tenderlar, qabul qilingan qarorlar va boşqalar) oçiq e’lon qilib boriş tizimi joriy qilindi.
Şuningdek, loyihalarni amalga oşiriş davrida mahalliy aholi orasidan 306 tataşabbuskor guruhlar şakllantirildi hamda ular bilan birgalikda mahallalar hududida dolzarb muammolarni aniqlaş, mahallaga ajratilgan pul mablağlarining iqtisod qilingan qismini uşbu mahalladagi boşqa muammolarni hal etişga yönaltiriş tizimi yölga qöyildi.
IX. Manfaatlar töqnaşuvini tartibga soliş
Agentlik tomonidan doimiy ravişda davlat organlari va taşkilotlarida “Manfaatlar töqnaşuvi töğrisida”gi qonunçilik talablariga rioya etiş holatlari örganib kelinmoqda. Örganişlarda aniqlangan qonunbuzilişi holatlari böyiça “Ma’muriy javobgarlik töğrisida”gi kodeksning 1934-moddasi bilan (manfaatlar töqnaşuvi töğrisidagi qonunçilik talablarini bajarmaslik) jami 559 ta ma’muriy huquqbuzarlik töğrisidagi bayonnoma rasmiylaştirilib, tegişli sudlarga yuborildi. Davlat xizmatida manfaatlar töqnaşuvini bartaraf qiliş çoralari körilmagan holatlar soha va yönalişlar kesimida quyidagiça:
- mahalliy hokimliklarda 217 nafar;
- qişloq xöjaligida 73 nafar;
- maktabgaça va maktab ta’limida 49 nafar;
- soğliqni saqlaş va sanitariya sohasida 33 nafar;
- yoşlar bilan işlaş tizimida 26 nafar;
- suv xöjaligida 20 nafar;
- bandlik sohasida 19 nafar;
- moliya, kadastr, transport va oliy ta’lim sohasida 10 nafardan;
- adliya tizimida 8 nafar;
- madaniyat va sport sohasida 7 nafardan;
- veterinariya sohasida 6 nafar;
- favqulodda vaziyatlar, ekologiya sohalarida 5 nafardan;
- boşqa sohalarda 44 nafar.
X. Murojaatlarni körib çiqiş
Agentlikka 2025 yil davomida jami 5 256 ta(2024 yilda 4176 ta) murojaat kelib tuşgan bölib, ötgan yilga nisbatan 25 foizga oşgan. Ularning 5248 tasi körib çiqilgan, 8 tasi keyingi yilga qoldiq bölib ötgan. Kelib tuşgan murojaatlarning 4 842 tasi jismoniy 414 tasi yuridik şaxslardan kelib tuşgan.
Ma’lumot uçun: murojaatlarning 1 238 tasi yozma, 3585 tasi elektron, 456 tasi Call markaz orqali kelib tuşgan. Murojaatlarni körib çiqiş natijalari böyiça tegişli vazirlik va idoralarga, viloyat (tuman, şahar) hokimliklariga 89 ta sörovnoma yuborilgan, qonunbuzilişi holatlarini bartaraf etiş yuzasidan 78 ta taqdimnoma kiritilgan.
XI. Hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarşi ekspertizasi
Vazirlik va idoralar tomonidan işlab çiqilgan 342 (327) ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari korrupsiyaga qarşi ekspertizadan ötkazildi. Ekspertiza natijalariga köra 342 (327) taloyihaning 65 foizida yoki 221 (233) tasida 499 (676) ta korrupsiyani keltirib çiqaruvçi omillar aniqlanib, ularni bartaraf etiş böyiça vazirlik va idoralarga tegişli tavsiyalar yuborildi. Aniqlangan eng köp korrupsiya omillari:
- 151 (139) ta normativ-huquqiy hujjatlarda qarama-qarşiliklar mavjudligi;
- 69 (56) ta tanlov (auksion) tartib-taomillaridan böyin tovlaş imkoniyatini beruvçinormalarning mavjudligi;
- 47 (98) ta ma’muriy tartib-taomillarning mavjud emasligi yoki töliq emasligi;
- 36 (41) ta istisnolarning asossiz ravişdaqöllanilganligi;
- 29 (28) ta afzalliklarning asossiz ravişdabelgilanişi;
- 27 (47) ta diskresion vakolatlarningkengligi;
- 21 (50) ta noaniq va asossiz havolalarning qöllanilganligi;
- 119 ta boşqa turdagi korrupsiyani keltirib çiqaruvçi omillar hisoblanadi.
XII. Milliy kengaş faoliyati va jamoatçilik iştiroki
1. Korrupsiyaga qarşi kuraşiş Milliy kengaşining 14 (5) marotaba yiğilişi taşkil etilib, şundan 8 tasi hududlarda, 2 tasi vazirliklarda sayyor yiğiliş şaklida ötkazildi. Mazkur yiğilişlarda 14 ta hududda korrupsiyaning oldini oliş, unga qarşi kuraşiş, şu jumladan, maişiy korrupsiyaga barham beriş, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda böliş muhitini şakllantiriş böyiça “Yöl xarita” lari işlab çiqildi va ijroga qaratildi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 apreldagi PF-71-son Farmoni ijrosi doirasida, 2025 yil iyun oyidan boşlab “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş virtual akademiyasi” elektron platformasida hududiy kengaşlar a’zolarining bilim va könikmalarini oşirişga qaratilgan 18 soatli masofaviy maxsus öquv kurslari taşkil etilib, 500 nafarga yaqin hududiy kengaş a’zosi öqitildi.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy kengaşi kömagida, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi va BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan amalga oşirilayotgan “Özbekistonda korrupsiyaga qarşi milliy ekotizimni mustahkamlaş” qöşma loyihasi doirasida korrupsiyaga qarşi amaliyotni mustahkamlaş böyiça barça viloyatlar, Toşkent şahri va Qoraqalpoğiston Respublikasida korrupsiyaga qarşi kuraşiş hududiy kengaş a’zolari uçun treninglar taşkil etildi.
Treninglar yakunida har bir hududdan taklif va tavsiyalar jamlanib, umumiy hisobda korrupsiya böyiça mavjud xavf-xatarlar va ularni oldini oliş böyiça 65 ta amaliy takliflar işlab çiqildi.
2. Korrupsiyaga qarşi kuraşişda fuqarolik jamiyati institutlari, ayniqsa nodavlat notijorat taşkilotlarining faolligini oşiriş böyiça taşkiliy-amaliy jihatdan kömak berildi va korrupsiyaga qarşi kuraşişda ularning bilim va könikmalarini oşirişga qaratilgan 34 ta (10)amaliy maşğulot va seminar-trening tadbirlari taşkil etilib, uşbu tadbirlarda 840 nafar iştirokçilarning malakasi oşirildi. 2025 yil davomida fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarşi kuraşişdagi iştirokini qöllab quvvatlaş uçun 3.1 mlrd sömlik grant loyihalari va ijtimoiy buyurtmalar e’lon qilindi.
3. Korrupsiyaning oldini olişga qaratilgan “Aksilkorrupsiya volontyorlik faoliyati”loyihasi işga tuşirildi. Hozirda, “Aksilkorrupsiya volontyorlik faoliyati” böyiça 30 dan ortiq guruh taşkil etilib, uşbu guruhlarda 1 000 nafar talaba yoşlar iştirok etmoqda. Ular tomonidan “OpenEdu” platformasi, “CorruptStop” mobil ilovasi, AI-Check sun’iy intellekt tizimi va “AntiCor Game” öyini işlab çiqildi.
4. “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş virtual akademiyasi”da aholi va davlat xizmatçilari malakasi oşirildi. Bazaviy öquv kurslarda: 1 mln. 67 ming nafar maktabgaça ta’lim taşkiloti tarbiyalanuvçilari; 3 mln. 146 ming nafar maktab öquvçilari; 62 275 nafar OTM talabalari. Maxsus öquv kurslarda: 50 396 nafar davlat xizmatçilari öqitildi.
XIII. Xalqaro hamkorlik
Bugungi kunda 20 ta xalqaro taşkilot va 30dan ortiq xorijiy davlatlarning korrupsiyaga qarşi kuraşiş idoralari bilan hamkorlik qilib kelinmoqda. 2025 yilda xalqaro taşkilotlar va xorijiy davlatlar korrupsiyaga qarşi kuraşiş idoralari bilan hamkorlikka oid 4 ta anglaşuv Memorandumi va 1 ta çora-tadbirlar rejasi imzolandi.
Ma’lumot uçun: Litva Maxsus tergov xizmati, Belarus Respublikasining Boş prokuraturasi, Saudiya Arabistonipodşohligining Nazorat va korrupsiyaga qarşi kuraşiş idorasi, Rossiya Federasiyasi Boş prokuraturasi bilan memorandum, Malayziya Korrupsiyaga qarşi kuraşiş komissiyasi örtasida hamkorlikni 2025-2026-yillarda kuçaytirişga qaratilgan harakatlar rejasi imzolangan. Xalqaro hamkorlar va ekspertlar bilan 33 taseminar trening hamda 4 ta xalqaro tadbir taşkil etildi.
- IHTTning Istanbul harakatlar rejasi 5-raund monitoring hisoboti muhokamasi (26-27-may Toşkent)
- “V Toşkent Aksilkorrupsiya forumi” (23-24oktyabr Toşkent);
- “IV Özbekiston biznes hamjamiyatida halollik forumi” (22 oktyabr Toşkent);
- BMTning Korrupsiyaga qarşi konvensiyasi 2-bosqiç obzori (17-20 noyabr Toşkent); Korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida xalqaro hamkorlikni yanda rivojlantiriş maqsadida Özbekiston bir qator mintaqaviy va xalqaro taşkilotlar a’zoligiga qabul qilindi.
1. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 iyuldagi “Xalqaro şartnomaga qöşiliş töğrisida”gi PQ-240-son qaror bilan Özbekiston Respublikasi 2013 yil 25 oktyabr kuni Minsk şahrida imzolangan MDH doirasidagi “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça davlatlararo kengaş tuziş töğrisidagi bitim”ga qöşildi. Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi uşbu xalqaro şartnomani amalga oşiriş uçun mas’ul bölgan vakolatli organ, Agentlik direktori lavozimi böyiça Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça davlatlararo kengaşi a’zosi etib belgilandi.
Ma’lumot uçun: Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça davlatlararo kengaş tuziş töğrisidagi bitim iştirokçi davlatlar örtasida korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida hamkorlikni taşkil etiş, huquqiy yordam körsatiş, tajriba almaşiş va birgalikda çoralar işlab çiqişmaqsadida tuzilgan.
2. Indoneziyada bölib ötgan Osiyo va Tinç okeani davlatlari uçun korrupsiyaga qarşi kuraşiş taşabbusi böyiça 12-mintaqaviy konferensiyada Özbekiston Osiyo va Tinç okeani davlatlari uçun Korrupsiyaga qarşi kuraşiş taşabbusi (ACI)ga qöşildi.
Ma’lumot uçun: 1999-yilda IHTT va Osiyo taraqqiyot banki homiyligida taşkil etilgan Osiyo-Tinç okeani korrupsiyaga qarşi kuraşiş taşabbusi (ACI) şaffoflikni kuçaytiriş va korrupsiyaga qarşi kuraşiş uçun 34 dan ortiq davlatni birlaştiradi. Dastur BMTning Korrupsiyaga qarşi konvensiyasini amalga oşirişni, a’zo davlatlar ötrasida tajriba almaşiş va xalqaro standartlarni samarali joriy etişga xizmat qiladi.
3. Qatar davlatida 2025 yil 15 dekabr kuni ötkazilgan COSP-11 tadbiri doirasida Agentliktaşabbusiga asosan Markaziy Osiyo uçun rezolyusiya qabul qilinib, 2027 yilda COSP-12 tadbirini Özbekistonda ötkazişga erişildi.