Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

2023 yilning 9 oyida kelib tushgan murojaatlarining ko‘rib chiqilishi bo‘yicha MA’LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 2023 yilning 9 oyida kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarining ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
MAʼLUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xalq bilan muloqotini yo‘lga qo‘yish, murojaatlar bilan ishlashini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 2023 yilning
9 oyida jami 2576 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 2537 tasi ko‘rib chiqilishi taʼminlangan, hozirda 39 ta murojaat ko‘rib chiqilmoqda. Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 70 tasi ijobiy hal etilgan, shundan 4 tasining ijobiy yechimi yuzasidan Agentlikka tashakkurnoma bildirilgan, 800 ta murojaatga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berish orqali qanoatlantirilgan, 22 ta murojaat anonim deb topilgan, 131 ta takroriy murojaat ko‘rib chiqilishi belgilangan tartibda tugatilgan, 3 ta murojaat maʼlumot uchun qabul qilingan, 1507 ta murojaat taalluqliligi bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga yo‘naltirilgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 2296 tasi jismoniy shaxslardan, 280 tasi yuridik shaxslardan, 719 tasi yozma, 1598 tasi elektron,
259 tasi Call markaz orqali og‘zaki ko‘rinishda kelib tushgan.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga, viloyat (tuman, shahar) hokimliklariga
44 ta so‘rovnoma yuborilgan, qonunbuzish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 29 ta taqdimnoma kiritilgan.

Murojaatlarni o‘rganish natijasiga ko‘ra, 7 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan, shundan 1 nafar davlat idorasi xodimi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan,
16 ta qabul qilingan qaror bekor qilingan, 5 ta jinoyat ishi,
3 ta maʼmuriy ish  qo‘zg‘atilgan va mavjud xato-kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilgan.

Mamlakatimizdagi ochiqlik siyosati tufayli, korrupsiyaga qarshi kurash mavzusi ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilayotganligi, fuqarolarda bu illatga toqatsizlikning aniq va ravshan shakllanayotganligi hamda davlat idoralari masʼullari tomonidan sodir etilayotgan korrupsion holatlar ochiqlanishi natijasida Agentlikka kelib tushayotgan murojaatlarning soni ko‘payishi kuzatilmoqda. Jumladan, joriy yilning 9 oyligida Agentlikka kelib tushgan 2576 ta murojaatlarni 2022 yilning 1-yarim yilligida kelib tushgan 1733 ta murojaatlarga nisbatan solishtirganda, murojaatlar salmog‘i 48,6 foizga oshgan.

Agentlikka kelib tushayotgan murojaatlarning aksariyatida
sud-huquq sohasidagi muammolar, mansabdor shaxslarning
xatti-harakatlari va turli sohalarda korrupsiyaviy holatlarning yuz berayotganligi to‘g‘risida yozilgan murojaatlardan iborat.

Jumladan, 2023 yil 9 oyligida Agentlikka qo‘yidagi soha va yo‘nalishlar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi:

- taʼlim sohasi xodimlarining xatti-harakatlari va sohadagi qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 441 ta (17,1%), shundan:

360 ta xalq taʼlimi sohasida (168 tasi dublikat) (14,0%);

53 ta oliy taʼlim sohasida (2,1%);

28 ta maktabgacha taʼlim sohasida (1,1%).

- sud qarorlaridan noroziliklar 251 ta (9,7%), shundan:

JIB sud qaroridan 76 ta;

FIB sud qaroridan 61 ta;

MIB sud qaroridan 20 ta;

Harbiy sud qaroridan 61 ta (57 tasi dublikat);

Iqtisodiy sud qaroridan 33 ta.

- davlat xaridlari va tender savdolari jarayonidagi qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 246 ta (9,5%);

- ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlari
va qarorlaridan noroziliklar 180 ta (7,0%);

- prokuratura organlari qarorlaridan noroziliklar
va prokuratura organlariga qilingan murojaatlar hal bo‘lmayotganligi bo‘yicha 120 ta (4,7%);

- ayrim xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining
xatti-harakatlaridan noroziliklar masalasida 117 ta (4,5%);

- majburiy ijro byurosi xodimlarining xatti-harakatlari
va ijro hujjatlarning bajarilmayotganligi bo‘yicha 110 ta (4,3%);

- mahalliy hokimlik xodimlari va mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar
110 ta (4,3%);

- yer masalasida 110 ta (4,3%);

- firibgarlik jinoyatlari yuzasidan 66 ta (2,7%);

- kredit masalasida va bank xodimlari xatti-harakatidan noroziliklar 64 ta (2,6%);

- sog‘liqni saqlash sohasidagi qonunbuzilish holatlari va tibbiyot xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 61 ta (2,4%);

- gaz-elektr masalasida 59 ta (2,3%);

- mehnat munosabatlari va ish haqi undirish yuzasidan
51 ta (2,0%);

- qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar 49 ta (1,9%);

- kompensatsiya, pensiya, subsidiya, ijtimoiy himoya va moddiy yordam masalasida 47 ta (1,8%);

- noqonuniy qurilish va qurilish masalasida 45 ta (1,7%);

- kadastr masalasida 37 ta (1,4%);

- shartnoma shartlarini bajarilmayotganligi masalasida
34 ta (1,3%);

- uy-joy masalasida 31 ta (1,2%);

- agentlikka ishga kirish masalasida 31 ta (1,2%);

- mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 30 ta (1,1%)

- soliq xodimlarining xatti-harakatlaridan norozi 27 ta (1,0%);

- tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish masalasida 25 ta (0,9%);

- ichimlik suvi taʼminotidagi muammolar va suvdan foydalanish masalasida 21 ta (0,8%);

- "Obod qishloq" va “Obod mahalla” dasturlari yuzasidan
16 ta (0,6%);

- Agentlik rahbariyatining shaxsiy qabuliga kirish yuzasidan
15 ta (0,5%);

- xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati (XUJMSH) faoliyatidan
15 ta (0,5%);

- jismoniy tarbiya va sport masalasida 10 ta (0,4%);

- agentlikning jamoatchilik kengashiga ekspert bo‘lish masalasida 6 ta (0,2%);

- ichki yo‘llarni taʼmirlash masalasida 5 ta (0,2%);

- minnatdorchilik 4 ta (0,2%)

- imom xatiblarining xatti-harakatlaridan norozi masalasida 3 ta (0,1%);

- saylov jarayonlaridan norozilik masalasida 3 ta (0,1%);

- bojxona xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan
2 ta (0,1%);

- ochiqlik va shaffoflik masalalarida 2 ta (0,1%);

- notariuslarning xatti-xarakatlari yuzasidan 2 ta (0,1%);

- sug‘urta kompaniyalar va ularning xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 2 ta (0,1%);

- meros masalasida 2 ta (0,1%) va 126 ta (4,9%) turli masalalarda murojaatlar kelib tushdi.

Korrupsiya qarshi kurashish agentligiga 2023 yilning 9 oyida Respublikamizning quyidagi hududlaridan murojaatlar kelib tushgan:

Toshkent shahar bo‘yicha 578 ta;

Navoiy viloyati bo‘yicha 327 ta;

Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 277 ta;

Samarqand viloyati bo‘yicha 241 ta;

Toshkent viloyati bo‘yicha 238 ta;

Surxondaryo viloyati bo‘yicha 178 ta;

Farg‘ona viloyati bo‘yicha 119 ta;

Jizzax viloyati bo‘yicha 115 ta;

Xorazm viloyati bo‘yicha 109 ta;

Buxoro viloyati bo‘yicha 105 ta;

Namangan viloyati bo‘yicha 102 ta;

Andijon viloyati bo‘yicha 91 ta;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 54 ta;

Sirdaryo viloyati bo‘yicha 36 ta;

Chet eldan 6 ta murojaat kelib tushgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan murojaatlar bilan ishlash borasidagi amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar aholi muammolarining yechimi topilishiga xizmat qilmoqda hamda murojaatlarda ko‘rsatib o‘tilayotgan korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqarayotgan omillarni tahlil qilgan holda ularni bartaraf qilish uchun tegishli chora-tadbirlarning ishlab chiqilishiga zamin yaratmoqda.

Boshqa bo‘limlar