Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

2023 yilda murojaatlarning ko'rib chiqilishi bo'yicha ma'lumot

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 2023-yilda kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining
ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
MAʼLUMOT

 

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xalq bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish, murojaatlar bilan ishlashni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 2023-yilda jami 3 545 ta murojaat kelib tushgan. Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 91 tasi ijobiy hal etilgan, shundan 5 tasining ijobiy yechimi yuzasidan Agentlikka tashakkurnoma bildirilgan, 1 022 ta murojaatga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berish orqali qanoatlantirilgan, 27 ta murojaat anonim deb topilgan, 302 ta takroriy murojaat ko‘rib chiqilishi belgilangan tartibda tugatilgan, 8 ta murojaat maʼlumot uchun qabul qilingan, 2 063 ta murojaat taalluqliligi bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga yo‘naltirilgan bo‘lib, hozirda 32 ta murojaat ko‘rib chiqilmoqda. Kelib tushgan murojaatlarning 3 193 tasi jismoniy shaxslardan, 352 tasi yuridik shaxslardan, 944 tasi yozma, 2 251 tasi elektron, 350 tasi Call markaz orqali og‘zaki ko‘rinishda kelib tushgan. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga, viloyat (tuman, shahar) hokimliklariga 51 ta so‘rovnoma yuborilgan, qonunbuzishb holatlarini bartaraf etish yuzasidan 34 ta taqdimnoma kiritilgan. Murojaatlarni o‘rganish natijasiga ko‘ra, 8 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan, shundan 1 nafar davlat idorasi xodimi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan, 19 ta qabul qilingan qaror bekor qilingan, 6 ta jinoyat ishi, 3 ta maʼmuriy ish  qo‘zg‘atilgan va mavjud xato-kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilgan.

Mamlakatimizdagi ochiqlik siyosati tufayli, korrupsiyaga qarshi kurash mavzusi ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilayotganligi, fuqarolarda bu illatga toqatsizlikning aniq va ravshan shakllanayotganligi hamda davlat idoralari masʼullari tomonidan sodir etilayotgan korrupsion holatlar ochiqlanishi natijasida Agentlikka kelib tushayotgan murojaatlarning soni ko‘payishi kuzatilmoqda. Jumladan, 2023-yilda Agentlikka kelib tushgan 3 545 ta murojaatlarni 2022 yilda kelib tushgan 2 234 ta murojaatlarga nisbatan solishtirganda, murojaatlar salmog‘i 58,7 foizga oshgan.

Agentlikka kelib tushayotgan murojaatlarning aksariyatida sud-huquq sohasidagi muammolar, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari va turli sohalarda korrupsiyaviy holatlarning yuz berayotganligi to‘g‘risida yozilgan murojaatlardan iborat.

Jumladan, 2023-yilda Agentlikka qo‘yidagi soha va yo‘nalishlar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi:

- taʼlim sohasi xodimlarining xatti-harakatlari va sohadagi qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha 511 ta (15,5%), shundan:

407 ta xalq taʼlimi sohasida (168 tasi dublikat) (11,5%);

68 ta oliy taʼlim sohasida (1,9%);

36 ta maktabgacha taʼlim sohasida (1,0%).

- sud qarorlaridan noroziliklar 406 ta (11,4%), shundan:

Harbiy sud qaroridan 151 ta (114 tasi dublikat);

JIB sud qaroridan 105 ta;

FIB sud qaroridan 78 ta;

Iqtisodiy sud qaroridan 43 ta;

MIB sud qaroridan 29 ta.

- davlat xaridlari va tender savdolari jarayonidagi qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 301 ta (8,4%);

- ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlari
va qarorlaridan noroziliklar 281 ta (7,9%);

- prokuratura organlari qarorlaridan noroziliklar va prokuratura organlariga qilingan murojaatlar hal bo‘lmayotganligi bo‘yicha 187 ta (5,2%);

- mahalliy hokimlik xodimlari va mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar 165 ta (4,6%);

- ayrim davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining xatti-harakatlaridan noroziliklar masalasida 148 ta (4,2%);

- majburiy ijro byurosi xodimlarining xatti-harakatlari va ijro hujjatlarning bajarilmayotganligi bo‘yicha 146 ta (4,1%);

- yer masalasida 135 ta (3,8%);

- kompensatsiya, pensiya, subsidiya, ijtimoiy himoya va moddiy yordam masalasida 126 ta (5,5%);

- sog‘liqni saqlash sohasidagi qonunbuzilish holatlari va tibbiyot xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 90 ta (2,5%);

- firibgarlik jinoyatlari yuzasidan 87 ta (2,4%);

- kredit masalasida va bank xodimlari xatti-harakatidan noroziliklar 82 ta (2,3%);

- gaz-elektr masalasida 77 ta (2,2%);

- mehnat munosabatlari va ish haqi undirish yuzasidan 73 ta (2,1%);

- mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 66 ta (1,9%)

- noqonuniy qurilish va qurilish masalasida 65 ta (1,8%);

- qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar 56 ta (1,6%);

- tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish masalasida 47 ta (1,3%);

- uy-joy masalasida 46 ta (1,2%);

- Agentlikka ishga kirish masalasida 45 ta (1,2%);

- shartnoma shartlarining bajarilmayotganligi masalasida 41 ta (1,1%);

- kadastr masalasida 37 ta (1,1%);

- soliq xodimlarining xatti-harakatlaridan noroziliklar 34 ta (1,0%);

- ichimlik suvi taʼminotidagi muammolar va suvdan foydalanish masalasida 21 ta (0,6%);

- xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati (XUJMSH) faoliyatidan 19 ta (0,5%);

- "Obod qishloq" va “Obod mahalla” dasturlari yuzasidan 16 ta (0,4%);

- Agentlik rahbariyatining shaxsiy qabuliga kirish yuzasidan 15 ta (0,4%);

- jismoniy tarbiya va sport masalasida 10 ta (0,3%);

- ichki yo‘llarni taʼmirlash masalasida 8 ta (0,2%);

- Agentlikning jamoatchilik kengashiga ekspert bo‘lish masalasida 6 ta (0,2%);

- adliya organlarining faoliyatidan norozilik masalasida 6 ta (0,2%);

- kadastr xodimlarining xatti-xaraktalaridan norozilik masalasida 5 ta (0,2%);

- minnatdorchilik 4 ta (0,1%);

- imom xatiblarining xatti-harakatlaridan norozi masalasida 3 ta (0,1%);

- saylov jarayonlaridan norozilik masalasida 3 ta (0,1%);

- bojxona xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 2 ta (0,1%);

- ochiqlik va shaffoflik masalalarida 2 ta (0,1%);

- notariuslarning xatti-xarakatlari yuzasidan 2 ta (0,1%);

- sug‘urta kompaniyalari va ularning xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 2 ta (0,1%);

- Milliy gvardiya xodimlarining xatti-xarakatlari yuzasidan 2 ta (0,1%);

- meros masalasida 2 ta (0,1%) va 165 ta (4,7%) turli masalalarda murojaatlar kelib tushdi.

Kelib tushgan murojaatlar hududlar kesimida tahlil qilganda:

Toshkent shahar bo‘yicha 923 ta;

Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 399 ta;

Navoiy viloyati bo‘yicha 368 ta;

Toshkent viloyati bo‘yicha 325 ta;

Samarqand viloyati bo‘yicha 306 ta;

Surxondaryo viloyati bo‘yicha 290 ta;

Jizzax viloyati bo‘yicha 154 ta;

Farg‘ona viloyati bo‘yicha 149 ta;

Xorazm viloyati bo‘yicha 137 ta;

Namangan viloyati bo‘yicha 137 ta;

Buxoro viloyati bo‘yicha 127 ta;

Andijon viloyati bo‘yicha 105 ta;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 76 ta;

Sirdaryo viloyati bo‘yicha 43 ta;

Chet eldan 6 ta murojaat kelib tushgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan murojaatlar bilan ishlash borasidagi amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar aholi muammolarining yechimi topilishiga xizmat qilmoqda hamda murojaatlarda ko‘rsatib o‘tilayotgan korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqarayotgan omillarni tahlil qilgan holda ularni bartaraf qilish uchun tegishli chora-tadbirlarning ishlab chiqilishiga zamin yaratmoqda.

Boshqa bo‘limlar