Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

2023 yil 1- yarim yillikda murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha ma'lumot

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 2023-yil 1-yarim yilligida kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarining ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
MAʼLUMOT

 

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xalq bilan muloqotini yo‘lga qo‘yish, murojaatlar bilan ishlashini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 2023-yilning
1-yarim yilligida jami 1562 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 1538 tasi ko‘rib chiqilishi taʼminlangan, hozirda 24 ta murojaat ko‘rib chiqilmoqda. Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 41 tasi ijobiy hal etilgan, shundan 4 tasining ijobiy yechimi yuzasidan Agentlikka tashakkurnoma bildirilgan, 457 ta murojaatga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berish orqali qanoatlantirilgan, 15 ta murojaat anonim deb topilgan, 76 ta takroriy murojaat ko‘rib chiqilishi belgilangan tartibda tugatilgan, 949 ta murojaat taalluqliligi bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga yo‘naltirilgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 1405 tasi jismoniy shaxslardan, 157 tasi yuridik shaxslardan, 472 tasi yozma, 917 tasi elektron,
173 tasi Call markaz orqali og‘zaki ko‘rinishda kelib tushgan.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga, viloyat (tuman, shahar) hokimliklariga  18 ta so‘rovnoma yuborilgan, qonunbuzish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 13 ta taqdimnoma kiritilgan.

Murojaatlarni o‘rganish natijasiga ko‘ra, 6 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan, shundan 1 nafar davlat idorasi xodimi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan,
4 ta qabul qilingan qaror bekor qilingan, 4 ta jinoyat ishi,
3 ta maʼmuriy ish  qo‘zg‘atilgan va mavjud xato-kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilgan.

Mamlakatimizdagi ochiqlik siyosati tufayli, korrupsiyaga qarshi kurash mavzusi ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilayotganligi, fuqarolarda bu illatga toqatsizlikning aniq va ravshan shakllanayotganligi hamda davlat idoralari masʼullari tomonidan sodir etilayotgan korrupsion

 holatlar ochiqlanishi natijasida Agentlikka kelib tushayotgan murojaatlarning soni ko‘payishi kuzatilmoqda. Jumladan, joriy yilning 1-yarim yilligida Agentlikka kelib tushgan
1562 ta murojaatlarni 2022 yilning 1-yarim yilligida kelib tushgan 1169 ta murojaatlarga nisbatan solishtirganda, murojaatlar salmog‘i 33,6 foizga oshgan.

Agentlikka kelib tushayotgan murojaatlarning aksariyatida sud-huquq sohasidagi muammolar, mansabdor shaxslarning  xatti-harakatlari va turli sohalarda korrupsiyaviy holatlarning yuz berayotganligi to‘g‘risida yozilgan murojaatlardan iborat.

Jumladan, 2023-yil 1-yarim yilligida Agentlikka qo‘yidagi soha va yo‘nalishlar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi:

- taʼlim sohasi xodimlarining xatti-harakatlari va sohadagi qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 212 ta (13,6%), shundan:

151 ta xalq taʼlimi sohasida (48 tasi dublikat) (3,1%);

37 ta oliy taʼlim sohasida (2,4%);

24 ta maktabgacha taʼlim sohasida (1,5%).

- sud qarorlaridan noroziliklar 178 ta (11,4%), shundan:

JIB sud qaroridan 52 ta;

FIB sud qaroridan 41 ta;

MIB sud qaroridan 18 ta;

Harbiy sud qaroridan 42 ta (39 tasi dublikat);

Iqtisodiy sud qaroridan 25 ta.

- davlat xaridlari va tender savdolari jarayonidagi qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 136 ta (8,7%);

- ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlari
va qarorlaridan noroziliklar 110 ta (7,0%);

- prokuratura organlari qarorlaridan noroziliklar
va prokuratura organlariga qilingan murojaatlar hal bo‘lmayotganligi bo‘yicha 73 ta (4,7%);

- majburiy ijro byurosi xodimlarining xatti-harakatlari
va ijro hujjatlarning bajarilmayotganligi bo‘yicha 72 ta (4,6%);

- yer masalasida 67 ta (4,3%);

- mahalliy hokimlik xodimlari va mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar
62 ta (4,0%);

- ayrim xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining
xatti-harakatlaridan noroziliklar masalasida 62 ta (4,0%);

- firibgarlik jinoyatlari yuzasidan 52 ta (3,3%);

- sog‘liqni saqlash sohasidagi qonunbuzilish holatlari va tibbiyot xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 48 ta (3,1%);

- kredit masalasida va bank xodimlari xatti-harakatidan noroziliklar 46 ta (3,0%);

- gaz-elektr masalasida 41 ta (2,6%);

- qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar 36 ta (2,3%);

- mehnat munosabatlari yuzasidan 29 ta (1,9%);

- kadastr masalasida 28 ta (1,8%);

- noqonuniy qurilish va qurilish masalasida 26 ta (1,6%);

- uy-joy masalasida 26 ta (1,6%);

- kompensatsiya, pensiya, subsidiya, ijtimoiy himoya va moddiy yordam masalasida 25 ta (1,5%);

- mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 22 ta (1,4%)

- shartnoma shartlarini bajarilmayotganligi masalasida
21 ta (1,3%);

- agentlikka ishga kirish masalasida 20 ta (1,2%);

- ichimlik suvi taʼminotidagi muammolar va suvdan foydalanish masalasida 17 ta (1,1%);

- soliq xodimlarining xatti-harakatlaridan norozi 17 ta (1,1%);

- "Obod qishloq" va “Obod mahalla” dasturlari yuzasidan
13 ta (0,8%);

- Agentlik rahbariyatining shaxsiy qabuliga kirish yuzasidan
9 ta (0,6%);

- jismoniy tarbiya va sport masalasida 8 ta (0,5%);

- xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati (XUJMSH) faoliyatidan
7 ta (0,4%);

- tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish masalasida 4 ta (0,3%);

- minnatdorchilik 4 ta (0,3%)

- agentlikning jamoatchilik kengashiga ekspert bo‘lish masalasida 3 ta (0,2%);

- imom xatiblarining xatti-harakatlaridan norozi masalasida 3 ta (0,2%);

- ochiqlik va shaffoflik masalalarida 2 ta (0,1%)

- saylov jarayonlaridan norozilik masalasida 2 ta (0,1%);

- meros masalasida 2 ta (0,1%) va 79 ta (5,1%) turli masalalarda murojaatlar kelib tushdi.

Korrupsiya qarshi kurashish agentligiga 2023 yil 1-yarim yilligida Respublikamizning quyidagi hududlaridan murojaatlar kelib tushgan:

Toshkent shahar bo‘yicha 346 ta;

Samarqand viloyati bo‘yicha 183 ta;

Toshkent viloyati bo‘yicha 166 ta;

Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 143 ta;

Navoiy viloyati bo‘yicha 135 ta;

Jizzax viloyati bo‘yicha 94 ta;

Surxondaryo viloyati bo‘yicha 93 ta;

Farg‘ona viloyati bo‘yicha 78 ta;

Buxoro viloyati bo‘yicha 74 ta;

Xorazm viloyati bo‘yicha 71 ta;

Namangan viloyati bo‘yicha 58 ta;

Andijon viloyati bo‘yicha 54 ta;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 34 ta;

Sirdaryo viloyati bo‘yicha 30 ta;

Chet eldan 3 ta murojaat kelib tushgan.

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan murojaatlar bilan ishlash borasidagi amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar aholi muammolarining yechimi topilishiga xizmat qilmoqda hamda murojaatlarda ko‘rsatib o‘tilayotgan korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqarayotgan omillarni tahlil qilgan holda ularni bartaraf qilish uchun tegishli chora-tadbirlarning ishlab chiqilishiga zamin yaratmoqda.


Boshqa bo‘limlar