Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida seminar bo'lib o'tdi
This material is so far published only in: Özbekça
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori, yuridik fanlar doktori Akmal Burxanov bugun Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida adliya organlari va muassasalari rahbarlarining malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv kursida maʼruza bilan ishtirok etdi.


Ma’ruzada Korrupsiyaga qarshi kurashishdagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari uning jamiyat va davlat uchun ahamiyati, xususan, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro standartlarini O‘zbekiston qonunchiligiga implementatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.


O‘tgan davr mobaynida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan jami 40 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilib, ularning 28 tasi qabul qilingan. Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarida 1500 dan ortiq korrupsiyaviy omillar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha manfaatdor vazirlik va idoralarga takliflar kiritilgan,
– dedi Akmal Burxanov

Shuningdek, ishtirokchilar faoliyatlari davomida duch kelayotgan ayrim masalalar yuzasidan savollarga batafsil javob olishdi, fikr hamda mulohazalar o‘rtaga tashlandi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati