Virtual reception

Özbekiston delegatsiyasi Duşanbeda xalqaro antikorrupsiya forumida hamda mintaqaviy konferensiyada iştirok etdi

Top news 40 views

This material is so far published only in: Özbekça

Joriy yilning 12–13-noyabr kunlari Tojikiston poytaxti Duşanbe şahrida II Duşanbe xalqaro antikorrupsiya forumi hamda BMTning Korrupsiyaga qarşi konvensiyasini Markaziy Osiyoda amalga oşirişni jadallaştiriş böyiça mintaqaviy platformaning III yillik konferensiyasi bölib ötdi.

Tojikiston Respublikasi Davlat moliyaviy nazorati va korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi taşkil etilganining 20 yilligiga bağişlangan xalqaro forumda 20 dan ortiq davlatlarning vakolatli organlari vakillari, şuningdek, BMT GJB, BMT Taraqqiyot dasturi, YXHT va Jahon banki vakillari qatnaşdi.

Forum doirasida Özbekistonning korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi tajribasi taqdim etildi.

Özbekiston delegatsiyasi tomonidan korrupsiyaviy xavflarni baholaş metodikalarini almaşiş, raqamli vositalarni birgalikda sinovdan ötkaziş hamda komplayens xodimlari uçun qöşma stajirovkalarni taşkil etiş böyiça hamkorlikni rivojlantiriş taşabbuslari ilgari surildi.

BMT Giyohvand moddalar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi kömagida ötkazilgan mintaqaviy platformaning III konferensiyasida esa BMTning Korrupsiyaga qarşi konvensiyasi ijrosini körib çiqiş mexanizmining birinçi sikli böyiça tavsiyalar bajarilişi muhokama qilindi. Konferensiyada Markaziy Osiyo davlatlari bilan bir qatorda ilk bor Ozarbayjon delegatsiyasi ham iştirok etdi.

Özbekiston delegatsiyasi platforma faoliyatini kuçaytiriş va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan qator taşabbuslarni ilgari surdi. Jumladan, Konvensiya böyiça birinçi sikl tavsiyalari ijrosining mintaqaviy xaritasini işlab çiqiş, dolzarb masalalar yuzasidan ekspertlar uçraşuvlarini taşkil etiş hamda “Halollik uçun yoş yetakçilar” taşabbusini amalga oşiriş taklif etildi.

Mazkur taşabbus doirasida yoşlarning antikorrupsiya loyihalarini qöllab-quvvatlaş, yoşlar parlamentlari, nodavlat notijorat taşkilotlari va köngillilar harakatlari örtasidagi mintaqaviy hamkorlikni rivojlantiriş nazarda tutilmoqda. Şuningdek, platforma doirasida iştirokçi davlatlar vakillaridan iborat işçi guruh tuziş va 2027-yilga möljallangan harakatlar rejasini işlab çiqiş taklif qilindi.

BMT GJB kömagida ötkazilgan konferensiyada Özbekistonda Konvensiya böyiça birinçi sikl tavsiyalarining qariyb yarmi töliq yoki qisman bajarilgani maʼlum qilinib, qolgan tavsiyalar ijrosini taʼminlaş maqsadida 2026–2028-yillarga möljallangan Strategik yöl xaritasi loyihasi işlab çiqilgani, 2027-yil örtalariga qadar milliy qonunçilikka kompleks özgartirişlar kiritiş rejalaştirilgani qayd etildi.

Har ikki tadbir doirasida 2027-yil dekabr oyida Toşkent şahrida ötkaziladigan BMTning Korrupsiyaga qarşi konvensiyasi iştirokçi davlatlari konferensiyasining 12-sessiyasiga (COSP12) tayyorgarlik masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi Axborot xizmati

Related materials