Toshkent viloyatida korrupsiyaga qarshi nazoratni kuchaytirishga qaratilgan o‘quv dasturi start oldi
This material is so far published only in: Özbekça
Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlari faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan ikki kunlik o‘quv dasturning navbatdasigi bugun Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida boshlandi.

Unda ishtirok etayotgan hududiy kengashlar aʼzolari, mahalliy hokimiyat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlashning amaliy usullarini joriy etish, xarajatlar va qabul qilinayotgan qarorlar ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalarida yangi bilim va tajribalar bilan tanishdi.

Mashg‘ulotlarning ikkinchi kuni fuqarolik jamiyati va ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, aholi, jurnalistlar va blogerlarning so‘rovlari bilan to‘g‘ri va shaffof ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga bag‘ishlanadi.

Mazkur dastur Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan, Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko’magi hamda Oliy Majlis Senati hamkorligida amalga oshirilmoqda.


Asosiy maqsad — hududlarda korrupsiyaga qarshi nazoratning yanada aniq va zamonaviy mexanizmlarini yaratishga ko‘maklashishdan iborat.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati