Virtual reception

To‘rtko‘l tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “Halol hudud” loyihasi amalga oshiriladi

Top news 837 views

This material is so far published only in: Özbekça

To‘rtko‘l tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “Halol hudud” loyihasi ishga tushirilishining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.Ushbu loyiha boshqaruvdagi tizimli korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan xalqaro miqyosda tan olingan yondashuv bo‘lib, Markaziy, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Yevropaning 11 ta mamlakatida hamda 30 dan ortiq mahalliy boshqaruv organlarida muvaffaqiyatli qo‘llanilgan.Mazkur boshqaruv modeli ilk marotaba Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, BMT Taraqqiyot dasturi va Yevropa Ittifoqining qo‘shma loyihasi doirasida 2024–2025 yillarda Jizzax shahri va Vobkent, Mirzo Ulug‘bek tumanlarida sinovdan o‘tkazildi.

Tajriba doirasida davlat boshqaruvida korrupsiyaga eng moyil sohalar tahlil qilinib, ichki tartib-qoidalar qayta ko‘rib chiqilib, mahalliy ehtiyojlarga mos yechimlar ishlab chiqildi. Natijada har bir hudud 2025–2026 yillarga mo‘ljallangan Strategik yo‘l xaritasi va Harakatlar rejasi qabul qildi.

— 2026-yilda hududlarga oid ilk loyihani Qoraqalpog‘istondan, xususan, To‘rtko‘l tumanidan boshlashimiz bejiz emas. 2024-yil yakunlariga ko‘ra, tumanda taʼlim, sog‘liqni saqlash, bank, bandlik, kadastr, energetika, suv taʼminoti hamda mahalliy hokimlik tizimlarida korrupsiyaga oid jinoyatlar yuqori bo‘lgan. Shu asosda o‘tgan yili Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi, parlament va Agentlik vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Jumladan, besh yildan ortiq bir lavozimda ishlab kelgan 41 nafar rahbar rotatsiya qilindi. Davlat idoralarida, tibbiyot tizimida jarayonlar bosqichma-bosqich raqamlashtirilmoqda, ishga qabul qilishda shaffoflik kuchaytirildi.

Ishonchimiz komil, “Halol hudud” loyihasi To‘rtko‘l tumanida aniq amaliy natijalar berib, korrupsiyaga qarshi kurashishda ilg‘or tajriba sifatida shakllanadi va boshqa hududlar uchun namuna bo‘ladi, — dedi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentli direktori o‘rinbosari U.Tuxtasheva.

Loyiha bu yil Hazorasp, Konimex, Jomboy, Oltiariq, Pop tumanlarida ham amalga oshirilishi ko'zda tutilgan.

Loyihani amalga oshirish davrida mahalliy hokimiyat organlarida ochiqlik va hisobdorlikni oshirish, raqamli nazoratni kuchaytirish va korrupsiyaning oldini olishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Related materials