Virtual reception

Surxondaryo viloyatining olis hududlardagi mahallalarida aholi farovonligiga qaratilgan dasturlar ijrosi o‘rganildi

Top news 816 views

This material is so far published only in: Özbekça

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o’rinbosari Umida Tuxtasheva "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (Bo’yrapo’sh), Qumqo’rg’on (Tayfang), Oltinsoy (Barkamol avlod), Uzun (Saxovat) tumanlaridagi mahallalarida o'rganishlar o'tkazildi.

Joriy yil boshlangan dastur doirasida mahallalarda aholi farovonligini oshirish va ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash maqsadida irrigatsiya, elektr energiyasi, internet kabi yo’nalishlarda kompleks choralar ko’rildi.

Xususan, irrigatsiya tizimida Bo’yrapo’sh, Barkamol avlod, Saxovat mahallalaridagi 7.6 kmlik ariqlar betonlashtirildi, Tayfang mahallasida esa 5.8 kmlik yangi suv tarmog’i tortildi. Bo’yrapo’sh mahallasida 2 ta artezian quduq qazildi hamda nasos uskunasi o’rnatildi.

Shuningdek, elektr energiyasini yaxshilash doirasida mahallalarda 28 kmlik tarmoq tortildi, 817 ta beton tayanch ustuni, 6 ta transformator o’rnatildi. Hududlarda IT ga qiziqishni oshirish maqsadida 6 kmlik optik tolali internet tarmoqlari tortildi. 10 kmlik yo’llar shag’allashtirildi, 4 kmlik yo’llar asfaltlashtirildi hamda bu jarayon davom etmoqda.

Bundan tashqari, mahallalardagi 70 nafar kambag’al oilalar to’liq bepul tibbiy ko’rikdan o’tkazildi.

Dastur doirasida mazkur ishlar uchun mahallalarga 15 mlrd so'mga yaqin mablag’ ajratildi. O‘rganish mobaynida tuman hokimliklari mas’ullari, mahallalardagi fuqarolar bilan muloqot qilinib, mas'ullar bilan ularning muammolarini ijobiy hal qilish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, bandlik, infratuzilma va ijtimoiy ko‘mak bo‘yicha qo‘shimcha manzilli chora-tadbirlar belgilandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Related materials