Virtual reception

Sirdaryo viloyatida investitsiya loyihalari doirasida ajratilgan mablag‘larni maqsadli yo‘naltirish va ochiqlikni taʼminlash borasidagi ishlar o‘rganilmoqda

Top news 1 628 views

This material is so far published only in: Özbekça

Davlatimiz rahbarining bir qator farmon va qarorlarida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga xalqaro moliya institutlari tomonidan ajratilgan kredit mablag‘larining maqsadli sarflanishida ochiqlikni taʼminlash bo‘yicha topshiriqlar yuklatilgan.

Mazkur vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Agentlik direktori Akmal Burxanov boshchiligidagi ishchi guruh Sirdaryo viloyatida Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishdi.

Loyihaning umumiy qiymati 183,6 mln AQSH dollarini tashkil etadi, amalga oshirish muddati esa 5 yil (2020-2024 yil).

Loyiha doirasida Boyovut, Xovos va Sardoba tumanlarining 17 ta qishlog‘i qurilish ishlarini olib borish uchun tanlab olingan va 41 ta subloyihalarda loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlari uchun jami 89,4 mlrd. so‘mlik shartnomalar imzolangan.

O‘rganishlarga ko‘ra, bugungi kun holatiga loyiha doirasida jami 87,4 mlrd. so‘mlik (97,7%) qurilish-montaj ishlari amalga oshirilgan hamda 83,0 mlrd. so‘mlik (92,8%) mablag‘lar moliyalashtirilgan. Subloyihalardan 73,8 mlrd. so‘mlik 37 tasi tamomlangan.

Ishchi guruh tomonidan loyiha doirasidagi belgilangan ishlarni muddatlarda yakunlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Loyihani amalga oshirishda mablag‘larning maqsadli sarflanishi va bu jarayonda ochiqlikning taʼminlanishi bo‘yicha nazorat tadbirlari davom ettiriladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Related materials