Sessiyalarda jonli translyatsiyani to‘liq yo‘lga qo‘ygan kengashlar rag‘batlantirilmoqda
This material is so far published only in: Özbekça
Xabar qilinganidek, PF-6247-son Farmoniga asosan 2025-yilda o‘tkazilgan sessiyalarning barchasini internet tarmog‘i orqali to‘liq jonli efirda uzatish ta’minlagan mahalliy kengashlar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan alohida e’tirof etilmoqda.

Agentlik rahbariyatining hududlarda o‘tkazayotgan o‘rganishlari davomida ana shunday faol kengashlarga Agentlik direktorining tashakkurnomalari topshirilmoqda.

Xususan, xalq deputatlari Kengashi sessiyalarini jamoatchilikka ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy amal qilgan holda yetkazilishini ta’minlab kelayotgani uchun Sirdaryo viloyatining Sardoba hamda Buxoro viloyatining Romitan tumanlari kengashlari taqdirlandi.

Mazkur kengashlar tomonidan sessiyalarni jonli efirga uzatishda nafaqat son ko‘rsatkichlariga, balki amaldagi qonunchilik talablari asosida jamoatchilik uchun qulay va ochiq shaklda translyatsiya qilinishiga ham alohida e’tibor qaratilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati