Virtual reception

RADDIYA

Top news 1 238 views

This material is so far published only in: Özbekça

Shu kunlarda ayrim ommaviy axborot vositalarida Transparensy International tashkilotining 2024-yil uchun Korrupsiyani qabul qilish indeksida O‘zbekiston 180 ta davlat orasida 28 ball bilan 126-o‘rinni egallagani haqida noto‘g‘ri maʼlumot tarqatilmoqda.

Holat yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Joriy yilning 11-fevral kuni eʼlon qilingan mazkur Reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 180 ta davlat orasida 32 ball bilan 121-o‘rinni egalladi, o‘tgan 2023-yilga nisbatan egallangan o‘rnimiz o‘zgarishsiz qolgan, lekin so‘nggi yetti yilga solishtirganda 37 pog‘ona yuqorilagan.

Indeksda mamlakatimiz ko‘rsatkichlari Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida ijobiy tomonga o‘zgargan 5 ta (Gruziya, Moldova, Ukraina, Kosovo) davlatdan biri bo‘lgani alohida taʼkidlandi.

Masalan, so‘nggi besh yillik ko‘rsatkichi +7 ball hamda o‘n yillikda +13 ballni tashkil etgan holda yaxshi natijalarni qayd etib kelmoqda.

Shuningdek, Indeksda past baholangan va o‘zgarishsiz qolgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha xalqaro tashkilotlarning reyting manbalari bilan aloqalar o‘rnatish, “Transparency International” tashkilotining tavsiyalari asosida O'zbekistonning Indeksdagi pozitsiyasini yanada yaxshilash yuzasidan muntazam ravishda ish olib borilmoqda.

Xususan, bu borada alohida “yo‘l xaritasi” qabul qilinib, ijrosi taʼminlanmoqda.

Jumladan, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun, “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Hozirgi vaqtda davlat xizmatchilarini “Halollik tekshiruvidan o‘tkazish” (public integrity), korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatini takomillashtirish, korrupsiya haqida xabar beruvchilarni himoya qilishning qonuniy asoslarini yanada mustahkamlash choralari ko‘rilmoqda.

Yuqoridagilarga ko‘ra, OAV vakillarini O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi imijiga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi tasdiqlanmagan va rasmiy manbalarga tayanilmagan maʼlumotlarni tarqatmaslikka, axborotni to‘g‘ri talqin qilish va uni jamoatchilikka xolis yetkazishga chaqiramiz.

Shu bilan birga, Agentlik o‘z faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlarni ishonchli, xolis va haqqoniy yoritib borishda soha vakillari bilan hamkorlikka doim tayyor va ochiq ekanligini bildiramiz.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Related materials