Online appeal

Report of corruption

Cancel Report

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

More
Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

More
Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi
724 111 For print

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida korrupsiyaga qarshi kurash va raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar taqdimot qilindi

Amaliy muloqot doirasida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda sohani raqamlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar taqdimoti bilan tanishildi.

Dastlab Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining imkoniyatlari keng namoyish etildi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda mazkur tizim doirasida 24 ta davlat xizmati to‘liq raqamlashtirilgan bo‘lib, undan foydalanuvchilar soni 2,2 million nafarga yetgan.

Xususan, litsenziyalash, ruxsatnoma berish hamda loyiha-smeta hujjatlarini kelishish jarayonlari inson omilisiz, to‘liq elektron shaklda amalga oshirilmoqda.

Tizim Adliya, Ichki ishlar vazirliklari, Oliy sud va Kadastr agentligining axborot tizimlari bilan integratsiya qilingani natijasida ma’lumotlar almashinuvi tezlashgan va korrupsiyaviy xavf-xatarlar sezilarli darajada kamaytirilgan.

Taqdimot davomida qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini o‘tkazish platformasi haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, mazkur platforma orqali jami 66,3 trillion so‘mlik tenderlar o‘tkazilib, 3,27 trillion so‘m mablag‘ tejalgan.

“Mening uyim” billing tizimi taqdimotida ma'lum qilinishicha, bugungi kunda ushbu tizimga 42 410 ta ko‘p xonadonli uy kiritilgan, abonentlar soni esa 1,5 million nafarga yetgan. Tizim orqali aholi tomonidan 1 trillion so‘mdan ortiq majburiy badallar to‘langan.

Vazirlikda joriy etilgan “Open space” ish tizimi esa qaror qabul qilish jarayonlarining ochiqligini ta’minlash, tuzilmalar o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, jamoaviy ishlash muhitini shakllantirish hamda xodimlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

724 111 For print

Other news

All news