Pop tumanida korrupsiya xavfi yuqori sohalar o‘rganildi
This material is so far published only in: Özbekça
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov Pop tumanida “Korrupsiyadan holi hududga aylantirish” dasturi ijrosini korrupsiyaviy xavfi yuqori sohalar misolida o‘rgandi.
“Pop dehqon bozori”da savdo va avtoturargohlarni raqamlashtirish, yashirin iqtisodiyotga qarshi choralar ko‘rilishi bilan tanishildi.

1-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirishni to‘liq autsorsing asosida yo‘lga qo‘yish, sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda xavfsiz muhit yaratish uchun videokuzatuv kameralari o‘rnatish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Tuman tibbiyot birlashmasida aholiga qulay sharoit yaratish, bepul va pullik xizmatlar ko‘rsatish, tibbiy jihozlar va dori vositalari ta’minotini yaxshilash, ishga qabulda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish mobaynida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullar bilan choralar belgilandi, ayrim muammolar joyida hal etilishiga ko‘maklashildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati