Virtual reception

O‘rganish

Top news 396 views

This material is so far published only in: Özbekça

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasining ayrim tarkibiy bojxona postlari xodimlari tomonidan korrupsion holatlarga yo‘l qo‘yilayotgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Davlat bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikda belgilangan tartibda o‘rganish ishlari olib borilishini ma'lum qilamiz.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha jamoatchilikka batafsil axborot taqdim etiladi.

Korrupsiya holatlariga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” — 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Har bir murojaat qonunchilik talablariga muvofiq ko‘rib chiqiladi hamda murojaatchining shaxsiga oid maʼlumotlar maxfiyligining taʼminlanishi to‘liq kafolatlanadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Related materials