Virtual reception

Oliy taʼlim muassasalarining kirish imtihonlari o‘tkazish jarayonlari yuzasidan jamoatchilik monitoringi natijalari

Top news 2 884 views

This material is so far published only in: Özbekça

Oliy taʼlim muassasalariga 2024/2025 o‘quv yili uchun o‘qishga qabul jarayonlarini tashkil etishda korrupsiya holatlarini oldini olish, imtihonlarni ochiq va shaffof o‘tkazilayotganligini guvohi bo‘lish va kuzatish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari va Agentlik huzuridagi jamoatchilik kengashi aʼzolari tomonidan monitoring qilindi.

Maʼlumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi PF-6247-son Farmoniga muvofiq, Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish uchun test va ijodiy (kasbiy) imtihonlar o‘tkazish jarayonini Internet tarmog‘ida jonli efirga uzatilishi belgilangan.

Bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish uchun ijodiy (kasbiy) hamda test imtihonlar o‘tkazish jarayonini Internet tarmog‘ida jonli efirga uzatilishi masofaviy shaklda hamda bevosita joyiga chiqqan holda “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasi hamda “Yoshlik” sport majmuasidagi sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganishlarda barcha binolar va sport maydonchalari kuzatuv kameralari bilan to‘liq jihozlangani, imtihonlar o‘tkazish jarayoni onlayn translyatsiya televideniye orqali (“Viasat Explorer” telekanalida) hamda test2024.uz veb-saytida jonli efirga uzatilgani, ota-onalar va boshqalar uchun kuzatishga sharoitlar yaratilgani maʼlum bo‘ldi.

O‘rganishlar davomida ayrim kamchiliklar aniqlandi.

Jumladan, oliy taʼlim muassasalarida ayrim taʼlim yo‘nalish bo‘yicha imtihonlar o‘tkazish jarayonini Internet tarmog‘ida jonli efirga uzatilishi ovozsiz, sifatsiz yoki jonli translyatsiya qilinmagan holda amalga oshirilgayotganligi kuzatildi. Masalan,

1.Joriy yil 15 iyul kuni Namangan davlat universiteti internet tarmog‘i Jismoniy tarbiya (Voleybol -CAM2) internet tarmog‘iga imtihon jarayonini jonli efirga uzatilishida sifat darajasi pastligi, tarmoqda uzilishlar bo‘lganini ko‘rish mumkin.

2. Toshkent davlat pedagogika universitetida ham joriy yil 15 iyul kuni o‘tkazilgan imtihon jarayonlarini jonli translyatsiya qilinmagani, masʼullar bilan bog‘lanilganda elektr va internet tarmog‘i bilan muammolar yuzaga kelayotgani haqida tushuntirish berildi.

3. O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Farg‘ona mintaqaviy filialining b 3-16 xalq cholg‘ulari xonasida ham ovozni uzatishda sifat darajasi pastligini ko‘rish mumkin.

Aniqlangan holatlar yuzasidan real vaqt rejimida uzatilayotgan imtihon jarayonlarini ovoz uzatilishini taʼminlash yoki texnik nosozliklar bartaraf etish uchun masʼul xodimlari bilan bog‘lanib, ushbu muammolarni hal etish choralari ko‘rildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

huzuridagi Jamoatchilik kengashi

Related materials