Virtual reception

Murojaatlar asosida qonunbuzilishi holatlari bartaraf etilmoqda

Top news 901 views

This material is so far published only in: Özbekça

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlar belgilangan tartibda har tomonlama va xolisona o‘rganilib, qonun talablariga muvofiq ravishda adolatli hal etib kelinmoqda.

Xususan, 2025 yilda fuqaro S.D.ning murojaati asosida o‘tkazilgan o‘rganishda Urganch dzyudo sport mahorati maktabi buyurtmachiligida amalga oshirilgan 1,6 mlrd so‘mlik xaridida ishtirokchilarning takliflarini baholashda qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Agentlikning taqdimnomasi asosida mazkur davlat xaridining bekor qilinishi taʼminlandi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Related materials