Virtual reception

Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid treninglar o‘tkazildi

Top news 1 808 views

This material is so far published only in: Özbekça

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 50 ga yaqin davlat idora va tashkilotlarining manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha maxsus bo‘linmalari, kadrlar bo‘linmalari, odob-axloq komissiyalari a‘zolari uchun “Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish” mavzusiga bag‘ishlangan treninglar o‘tkazildi.

Ushbu tashabbus Yevropa Ittifoqi va Germaniya Federal iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat boshqaruvini takomillashtirish – inklyuziv korrupsiyaning oldini olish” loyihasi doirasida Latviya Transparency International hamkorligida tashkil etildi.

Maqsad davlat boshqaruvida xolislik, shaffoflik va masʼuliyat tamoyillarini mustahkamlash hamda manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq xavflarning oldini olish bo‘yicha tizimli yondashuvlarni joriy etishdan iborat.

Trening mashg‘ulotlari manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi va huquqiy asoslari, boshqaruv mexanizmlari va amaliy yondashuvlar, etik meʼyorlar va faoliyatdagi xavfli nuqtalar, nazorat va ichki boshqaruv tizimi kabi asosiy yo‘nalishlarni qamrab oldi.

Latviyalik xalqaro ekspertlar tomonidan olib borilgan mashg‘ulotlarda ishtirokchilarning manfaatlar to‘qnashuviga oid munosabatlarni tartibga solishda muammoni faol anglash va ularga yechim topish qobiliyatini rivojlantirish maqsadida zamonaviy taʼlim texnologiyalari — nazariy maʼruzalar, amaliy keyslar, vaziyat tahlili, guruh ishlari qo‘llanildi.

Mazkur treninglar orqali davlat xizmatchilari o‘z xizmat vazifalarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash, baholash va oldini olish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Related materials