Virtual reception

Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy maʼruzani Parlamentga taqdim etishning aniq muddatlari belgilanmoqda

Top news 134 views

This material is so far published only in: Özbekça

"O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy maʼruzani ko‘rib chiqish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish haqida"gi qonuni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Maʼlumot o‘rnida: Davlat rahbarining 2020-yil 29-iyundagi PF– 6013-son Farmoniga muvofiq, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi har yili ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilinishi lozim bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida milliy maʼruzani tayyorlaydi hamda uni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy Majlis palatalariga kiritadi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 93-moddasida Milliy maʼruzani Oliy Majlis palatalari tomonidan eshitish instituti Konstitutsiya darajasida mustahkamlandi.

Qonun loyihasi bilan Milliy maʼruzani Oliy Majlis palatalariga taqdim etish muddati har yili 1-aprelgacha etib belgilanmoqda.

Uni ishlab chiqishda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan xorijiy davlatlar, jumladan, Janubiy Koreya, Gruziya, Qozog‘iston, Sloveniya, Armaniston kabi davlatlarning tajribasi o‘rganildi.

🗓Jamoatchilik muhokamasi joriy yilning 9-may sanasiga qadar davom etadi.

Maʼlumot o‘rnida: Agentlik tomonidan shu paytga qadar uchta Milliy maʼruza tayyorlangan.

Related materials