Virtual reception

Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlarini o‘qitish bo‘yicha o‘quv seminar tashkil etildi

Top news 1 320 views

This material is so far published only in: Özbekça

Agentlik direktori tomonidan tasdiqlangan hududiy kengashlarni o‘qitish bo‘yicha reja-jadvalga muvofiq dastlabki o‘quv seminar o‘tkazildi.

Seminarda ishtirokchilarga davlat organlari, tashkilotlar huzuridagi Jamoatchilik kengashlarini tuzish tartibi, faoliyati va ularning davlat organlari bilan hamkorligi bo‘yicha ma’lumot berildi.

Shuningdek, hokimliklar huzuridagi Jamoatchilik kengashlari bo‘yicha o‘tkazilgan dastlabki monitoring natijalari atroflicha muhokama qilinib, yaxshi natija ko‘rsatgan kengashlar faoliyati tahlil qilindi.

Seminar davomida korrupsiyaga qarshi hududiy kengashlarning 2024-yil 1 yarim yillik faoliyati sarhisobiga ham to'xtalib o'tildi. Reyting baholash natijalariga ko‘ra yuqori o‘rinni egallagan hududlar tajribasi bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi hamda keyingi baholashda e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan jihatlar yuzasidan hududlarga tegishli tavsiyalar berildi.

Related materials