Virtual reception

Hududlarda ochiqlik va ichki nazorat tuzilmalariga oid qonunchilikni ijrosini ta'minlash bo'yicha Korrupsiyaga qarshi kurashish kengashlari vazifalari muhokama etildi

Top news 2 291 views

This material is so far published only in: Özbekça

Hududiy kengashlarning korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi bilim va ko'nikmalarini oshirish maqsadida o'quv-seminar o'tkazildi.

Onlayn shaklda o‘tkazilgan seminarda so‘z olgan Agentlik xodimlari ishtirokchilarga dastlab, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat tizimlarining (komplaens-nazorat) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga joriy etilishi, normativ-huquqiy asoslari shakllantirilishi va bu jarayonlarda xalqaro standartlarning qay darajada qo‘llanilishi hamda ushbu yo'nalishdagi eng so'nggi yangiliklar to‘g‘risida ma’lumot berdilar

Shundan so‘ng qatnashuvchilar o'rtasida 2024-yil 1 yarim yillik holatiga davlat organlarining faoliyatiga oid ma’lumotlarning ochiqlanishi to‘g‘risidagi tahlil yakunlari keng muhokama qilindi.

Bunda hududlar tomonidan ochiqlikni ta'minlash bo'yicha yo'l qo'yilgan kamchiliklar, e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan masalalarga e'tibor qaratildi.

Seminar so‘nggida hududiy kengash a’zolariga yuqoridagi masalalar va tartiblarni o'z hududlarida bajarilishi, hayotga tatbiq etilishini nazoratga olishlari hamda o'z yigi'lishlarida tizimli ravishda muhokama qilib borishlari yuzasidan tavsiyalar berildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Related materials