Virtual reception

Fuqaro murojaati asosida pora talab qilgan shaxs qo‘lga olindi

Top news 1 534 views

This material is so far published only in: Özbekça

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining "Call-markazi" - 1253 raqamiga Farg‘ona viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan “B.Y” fermer xo‘jaligi rahbari B.Q. tomonidan kelib tushgan murojaat asosida o‘rganish o‘tkazildi.

Murojaatda qayd etilishicha, fermer xo‘jaligi tomonidan Toshkent shahri Yashnobod tumani Obodonlashtirish boshqarmasi bilan qiymati 261 million so‘mlik mahsulotni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzilgan.

O‘zini boshqarma bosh hisobchisi deb tanishtirgan T.X. shartnoma summasini xo‘jalik hisob raqamiga o‘tkazib berish evaziga B.Q. dan 10 foiz, yaʼni 26 million so‘m miqdorida pora talab qilgan.

Mazkur murojaat asosida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida bosh hisobchisi fermer xo‘jaligi rahbaridan ushbu miqdordagi pul mablag‘ini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda holat yuzasidan tegishli protsessual harakatlar olib borilmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Related materials